- Advertisement -
Turkiya «Sulton Murod bo’linmasi», «Hamza jamoasi» va boshqa guruhlarning 400 dan ortiq jangarilarini Suriyadan Ozarbayjonga yollanma askarlarning yangi partiyasi sifatida yetkazib berdi. Turkiyani qo’llab-quvvatlovchi suriyalik yollanma askarlarni Tog’li Qorabog’ga ko’chirish sulh bitimi tufayli bir muncha vaqt to’xtatilgan edi. Biroq, shunga qaramasdan, Ozarbayjonga yuborilgan suriyalik jangchilarning umumiy soni kamida 2050 kishiga yetdi, deya xabar beradi Londonda joylashgan «Suriya inson huquqlari bo’yicha kuzatuv» nodavlat tashkiloti.