8.1 C
Узбекистан
Четверг, 27 ноября, 2025

Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid soluvchi illat

Топ статей за 7 дней

Подпишитесь на нас

51,905участниковМне нравится
22,962участниковЧитать
7,960участниковПодписаться
- Advertisement -

9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu sana 2003-yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan belgilangan bo‘lib, jahon hamjamiyatining e’tiborini jamiyat taraqqiyotini izdan chiqaruvchi – korrupsiya muammosiga qaratish, unga qarshi birgalikda kurashishga undash maqsadini ko‘zlaydi.

Korrupsiya ma’naviy jihatdan – illat, axloqsizlik; huquqiy nuqtai nazardan – jinoyat hisoblanadi. “Corruptio” so‘zidan kelib chiqqan mazkur atama “pora evaziga og‘dirish” ma’nosini anglatadi.

Yuridik manbalarda korrupsiya mansabdor shaxslarning o‘zlariga berilgan vakolat va imkoniyatlardan shaxsiy boylik orttirish yo‘lida foydalanishi sifatida izohlanadi. Yuridik atamalar lug‘atida esa bu tushuncha davlat funksiyalarini bajaruvchi yoki ularga tenglashtirilgan shaxslarning o‘z maqomidan foydalanib noqonuniy moddiy manfaatlar olish yoki boshqalarga shunday imkon yaratib berishi sifatida ta’riflanadi.

Shu bois korrupsiya, keng ma’noda, mansab mavqeidan shaxsiy manfaat ko‘zlab foydalanish bilan bog‘liq jinoyat shaklidir. Ko‘pincha u faqat pora olish bilan bog‘lanadi, ammo amalda korrupsiyaning ko‘lam va shakllari bundan ancha keng: pora faqat pul shaklida bo‘lmasligi, korrupsion munosabatlarda turli shaxslar ishtirok etishi mumkin.

Hokimiyatning barcha bo‘g‘inlarida – ijroiya, vakillik va sud tizimlarida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsiya bugun deyarli barcha mamlakatlar duch kelayotgan jiddiy muammolardan biridir. Eng achinarlisi, bu jinoyatlar aynan qonun ustuvorligini ta’minlashi lozim bo‘lgan shaxslar tomonidan sodir etiladi. Natijada jamiyatda adolatsizlik kuchayadi, fuqarolarning davlat organlariga ishonchi susayadi, qonunlar ijrosiga putur yetadi.

Korrupsiya insoniyat tarixining eng qadimiy davrlaridan buyon mavjud bo‘lib, unga qarshi turli jazolar qo‘llangan bo‘lsa-da, illatning ildizi yo‘qolmagan. Bugungi kunda unga qarshi kurashish ta’lim-tarbiya, qonunchilikni mustahkamlash, sog‘lom ma’naviy muhit va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali amalga oshirilmoqda. Global davrda korrupsiyaga qarshi faqat bir davlat doirasida emas, balki xalqaro miqyosda hamkorlikda kurashish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Korrupsiya davlat uchun na foyda, na rivojlanish keltiradi. Aksincha, demokratik islohotlar jarayonini izdan chiqaradi, mamlakatning xalqaro obro‘si va investitsion jozibadorligini pasaytiradi.

O‘zbekistonda ham korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. So‘nggi yillarda Harakatlar strategiyasi va Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida bu borada samarali tizim yaratildi va muayyan natijalarga erishildi.

Ammo korrupsiya darhol yo‘q bo‘lib ketadigan muammo emas. Unga qarshi jamiyatning barcha qatlamlari birgalikda kurashsa, aholida halollik tamoyillari mustahkam qaror topsa, kutilgan ijobiy natijalarga erishish mumkin.

Demak, har birimiz o‘z ish faoliyatimizda pok, halol bo‘lishimiz, har qanday noqonuniy holatga qat’iy munosabat bildirishimiz zarur. Zero, korrupsiya – taraqqiyotning eng katta dushmanidir va unga qarshi kurashish barchamizning burchimizdir.

Mirobod tuman adliya bo‘limi boshlig‘i

Doniyor Abdumalikov

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Пожалуйста, введите ваш комментарий!
пожалуйста, введите ваше имя здесь

Последние новости

Ўзбекистон Президенти янги тайинланган элчиларнинг ишонч ёрлиқларини қабул қилди

27 ноябрь куни мамлакатимизга янги тайинланган хорижий элчилар томонидан ишонч ёрлиқларини топшириш тантанали маросими бўлди. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев...

Больше похожих статей

×