33.2 C
Узбекистан
Суббота, 2 августа, 2025

Markaziy Osiyo savdo tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha milliy qo‘mitalari 10-chi mintaqaviy yig’ilishi

Топ статей за 7 дней

Подпишитесь на нас

51,905участниковМне нравится
22,962участниковЧитать
7,690участниковПодписаться
- Advertisement -

2023-yilning 7–8-noyabr kunlari Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi tasarrufidagi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) Mintaqaviy loyiha ko’magida “Markaziy Osiyoda savdo jarayonlarini yengillashtirish” bo’yicha Toshkent, O’zbekistonda Markaziy Osiyo mamlakatlarining savdo tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha milliy qo‘mitalari 10-chi mintaqaviy yig‘ilishini tashkil qildi.

Tadbirda Markaziy Osiyodan savdoni osonlashtirish chora-tadbirlarini tartibga solish va amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi asosiy vakillar: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo Vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi, shuningdek, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonning tegishli milliy hukumat organlari va xususiy sektor vakillari ishtirok etdi. Tadbirning faxriy ishtirokchilari qatorida Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, rivojlanish bo‘yicha hamkorlar va xalqaro tashkilotlar bor edi.

Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha milliy qo‘mitalarining 10-chi mintaqaviy yig‘ilishida ekspertlar GIZning “Markaziy Osiyoda savdo jarayonlarini yengillashtish ” mintaqaviy loyihasi doirasida 20 yil davomida Markaziy Osiyo mamlakatlarida savdoni osonlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha GIZ tadqiqoti natijalarini muhokama qildilar.

So’nggi 20 yil davomida milliy davlat organlari bilan mustahkam hamkorlik tufayli 2022-yilda Markaziy Osiyo davlatlarining ulushi umumiy tashqi savdo aylanmasining qariyb 15 foizini tashkil etdi. 2022 va 2004 yillardagi ko‘rsatkichlarni taqqoslash O‘zbekistonning mintaqa mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining bir necha barobar o‘sishini ko‘rsatadi: Qozog‘iston bilan – qariyb 11 barobar, Qirg‘iziston bilan – 18,5 barobar, Turkmaniston bilan – qariyb 6 barobar, Tojikiston bilan – qariyb 4 barobar.

GIZning “Markaziy Osiyoda savdo jarayonlarini yengillashtirish” loyihasi milliy hamkorlar bilan birgalikda mintaqada savdoni osonlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatladi, jumladan:

— bojxona va boshqa chegara organlarida risklarni boshqarish tizimini joriy etish;

— transport vositalari ustidan nazoratni yengillashtirish maqsadida savdo va tranzit jarayonlarini, shu jumladan eksport-import operatsiyalari uchun “yagona darcha” tizimini raqamlashtirish; milliy bojxona tizimlari oʻrtasida XYT konventsiyasi qoidalariga muvofiq tovarlarning xalqaro tranziti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning xavfsiz almashinuvini taʼminlaydigan va bojxona organlariga kafolatlar boʻyicha maʼlumotlarni boshqarish imkonini beruvchi XYTning xalqaro raqamli tizimi;milliy nazorat organlariga sertifikatlarni elektron shaklda almashish,   shuningdek, o‘simlik mahsulotlarini olib kirish va eksport

qilishda hujjatlarni rasmiylashtirish vaqtini qisqartirish va ishonchliligini oshirish imkonini beruvchi elektron fitosanitariya sertifikati (e-fito) raqamlashtirish va  h.q.;

— Markaziy Osiyo mamlakatlarida savdo jarayonlarini yengillashtish sohasida davlat-xususiy aloqani rivojlantirish va mintaqada Savdo jarayonlarini yengillashtirish bo‘yicha Milliy qo‘mitalar tashkil etish. Markaziy Osiyoning toʻrtta davlatida (Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston) soʻnggi 3 yil ichida savdo jaroyonlarini yengillashtirish (ichki chegara bo’lim hamkorligi, tashqi chegara bo’lim hamkorligi, axborot olish imkoni, savdo hamjamiyatining ishtiroki, savdo jarayonlari) oʻrtacha koʻrsatkichlari 10 foizdan koʻproq yaxshilandi.

Uchrashuvda Markaziy Osiyoda savdoni osonlashtirish uchun raqamli yechimlarni xaritalash tahlili natijalari, maʼlumotlarni himoya qilish va shaxsiy daxlsizlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Bundan tashqari, tadbirning diqqatga sazovor joylaridan biri transchegaraviy savdo ma’lumotlariga kirish uchun sun’iy intellektdan qanday foydalanish bo’yicha sessiya bo’ldi.

Ishtirokchilar, shuningdek, savdoga ko‘maklashish va amalga oshirish mexanizmlari sohasida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha keyingi ustuvor yo‘nalishlar va tashabbuslarni muhokama qildilar.

GIZning “Markaziy Osiyoda savdo jarayonlarini yengillashtirish” loyihasi menejeri Felicitas Zik o‘zining nutqida shunday dedi: “Germaniya hukumati va avdo tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha milliy qo‘mitasi deyarli 20 yildan beri savdoni osonlashtirish sohasida Markaziy Osiyo davlatlarini qoʻllab-quvvatlab kelmoqda va mintaqada hamkorlik va almashinuv qanday rivojlanayotganini koʻrish ayniqsa ilhomlantirmoqda. Transchegaraviy savdo bir nechta davlatlarning ishtirokini talab qiladigan mavzu. 2019-yilda Savdo jarayonlarini yengillashtirish Milliy qoʻmitalarining mintaqaviy platformasini tashkil etish tashabbusi bilan GIZ mintaqaning iqtisodiy farovonligi va barqarorligi uchun ushbu muhim mavzuda Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi hamkorlikka yordam berdi”.

Ishtirokchilar Bojxona deklaratsiyasi markazida bojxona ma’muriyatchiligining innovatsion usullarini joriy etish, savdo tartib-taomillarini soddalashtirish va raqamlashtirish borasida erishilayotgan yutuqlar bilan tanishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasiga ham tashrif buyurdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Strategik rejalashtirish va bojxona tartib taomillarini soddalashtirish boshkarmasi boshligi urinbosari Shukurullo Muminov savdoni yengillashtirish sohasida erishilgan yutuqlarga alohida to‘xtalib o‘tdi: “Agar ilgari yuk bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish uchun 2-3 soat vaqt ketgan bo‘lsa, bu jarayon avtomatlashtirilgani natijasida endi 2 daqiqa vaqt ketmoqda. Bojxona rasmiylashtiruvi muddati 3 uch kundan 1 ish kuniga qisqartirildi. Ilgari 2-3 kun davom etgan bojxona ko’rigi endi 10-15 daqiqa davom etmoqda. Umuman olganda, bojxona ko‘rigidan o‘tkazish jarayoni 1,7 barobarga qisqardi, samaradorlik 1,3 barobar oshdi”.

Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha milliy qo‘mitalari 2019-yilda xususiy va davlat sektorlarining muvozanatli ishtirokida manfaatdor tomonlarning muhim maslahat platformasi sifatida oʻz faoliyatini boshladi va savdoni osonlashtirish boʻyicha islohotlarni rejalashtirish va amalga oshirishni Markaziy Osiyodagi aʼzolari oʻrtasida hamkorlik ruhida muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.

2023-yil aprel oyida “Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonning Savdo jarayonlarini yengillashtirish Milliy qo‘mitalari o‘rtasida savdo jarayonlarini yengillashtirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonot” imzolangan bo‘lib, u Savdoga ko‘maklashish Milliy qo‘mitalari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarib, o‘zaro axborot almashinuvi, maslahatlarni  kengaytirishga hamda mintaqaviy savdoni rivojlantirish va yengillashtirish bo’yicha chora-tadbirlarni birgalikda amalga oshirish birgalilda amalga oshirishga yordam beradi.

“Markaziy Osiyoda savdo jarayonlarini yengillashtirish” mintaqaviy loyihasi Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi buyrug’i asosida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonda Deutsche Gesellschaft für internationale Zusammenarbeit (GIZ) GmbH (Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati) tomonidan amalga oshirilmoqda (BMZ). Asosiy maqsad — konsalting yordamini ko’rsatish orqali mintaqada savdoni osonlashtirish chora-tadbirlarini yaxshilash. Loyiha chegara va tranzit jarayonida yuklarni nazorat qilish tartib-taomillarini tezlashtirishga, shuningdek, ularning yanada samaradorligi  va shaffofligini oshirishga yordam beradi.

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Пожалуйста, введите ваш комментарий!
пожалуйста, введите ваше имя здесь

Последние новости

Ўзбекистон маълумотлар бошқаруви салоҳиятини мустаҳкамламоқда: очиқ ва гендерга оид маълумотлар қарорлар қабул қилиш учун асос бўлиб хизмат қилади

2025-йил 29–30-июль кунлари Тошкент вилоятида ЕХҲТнинг Ўзбекистондаги лойиҳалар Координатори Халқаро очиқ маълумотлар хартияси (Open Data Charter, ODC) билан ҳамкорликда...

Больше похожих статей

×