3.1 C
Узбекистан
Пятница, 16 января, 2026

Xorijiy turistlar sonini 2030-yilgacha 20 million nafarga yetkazish — ustuvor vazifa

Топ статей за 7 дней

Подпишитесь на нас

51,905участниковМне нравится
22,962участниковЧитать
8,320участниковПодписаться
- Advertisement -

2030-yilgacha turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan asosiy maqsadlarga ko‘ra, turizmning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini amaldagi 3,5 foizdan 7 foizgacha oshirish ko‘zda tutilmoqda. Bu esa sohaga investitsiyalar jalb etish, xizmatlar sifatini yaxshilash va yangi ish o‘rinlari yaratish orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi.

Shuningdek, takomillashayotgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasida chet ellik turistlar oqimini keskin oshirish asosiy vazifalardan biri etib belgilangan. Hozirgi kunda 11 milliondan oshgan xorijiy turistlar sonini 2030-yilgacha 20 million nafarga yetkazish, ayniqsa to‘lov qobiliyati yuqori bo‘lgan sayyohlar ulushini ko‘paytirish rejalashtirilgan.

Turizm xizmatlari eksporti hajmini yillik 6 milliard AQSH dollaridan oshirish ham strategik maqsad sifatida belgilangan. Bu natijaga erishish uchun turistik xizmatlar turlarini kengaytirish, raqobatbardosh mahsulotlar yaratish va xalqaro bozorlarda faol targ‘ibot ishlarini olib borish muhim ahamiyatga ega.

Infratuzilmani rivojlantirish ham turizm sohasida hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. O‘zbekistonning turistik shaharlari o‘rtasidagi transport bog‘lanishini yaxshilash, ichki aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish va yo‘lga sarflanadigan vaqtni kamida uch baravarga qisqartirish turistlar uchun qulaylik yaratadi. Shu bilan birga, 4 va 5 yulduzli mehmonxonalar sonini ikki baravarga oshirish orqali yuqori sifatli xizmatlar taqdim etish imkoniyati kengayadi.

Bundan tashqari, turistik xizmatlar va mahsulotlarni diversifikatsiya qilish orqali mamlakatning turistik salohiyatini to‘liq ishga solish rejalashtirilgan. Jahonda keng taniladigan O‘zbekiston turistik brendini yaratish, milliy turistik mahsulotlarni ommalashtirish uchun yangi zamonaviy instrumentlarni joriy etish orqali O‘zbekistonni xalqaro turizm bozorida nufuzli yo‘nalishga aylantirish maqsad qilingan.

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Пожалуйста, введите ваш комментарий!
пожалуйста, введите ваше имя здесь

Последние новости

Япония Молия вазири йеннинг яқиндаги арзонлашишидан хавотирдалиги ва ҳукумат валюта қадрсизланишини давом эттирмаслик учун «қатъий чоралар» кўришга тайёр эканини маълум қилди

Япония Молия вазири Сатсуки Катаяма жума куни йеннинг яқиндаги арзонлашувидан хавотирга тушганини билдирди ва ҳукумат валюта қадрсизланишини давом эттирмаслик...

Больше похожих статей

×