3.8 C
Узбекистан
Среда, 17 декабря, 2025

Yaponiyada “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Топ статей за 7 дней

Подпишитесь на нас

51,905участниковМне нравится
22,962участниковЧитать
8,080участниковПодписаться
- Advertisement -

16-dekabr kuni Tokio shahridagi mingga yaqin o‘ringa ega “Ginza” saroyida Yaponiyada “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tadbirlarining ochilish marosimiga bag‘ishlangan  konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekiston madaniyati kunlari” tadbirlarining ochilish marosimiga bag‘ishlangan  konsert dasturida O‘zbekistonning taniqli san’atkorlari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

“Bugun biz Yaponiyada “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tadbirlarining ochilish marosimida yig‘ilib turibmiz. Bu nafaqat madaniy hayotimizdagi muhim voqea, balki O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hurmatga asoslangan aloqalarning yana bir yorqin ifodasidir. O‘zbekiston va Yaponiya xalqlarini qadimiy tarix, boy madaniyat, an’analarga sadoqat va kelajakka ishonch birlashtirib turadi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar yildan-yilga mustahkamlanib, siyosiy, iqtisodiy va, ayniqsa, madaniy sohalarda izchil rivojlanib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida, jamiyat hayotining barcha sohalari rivojlanmoqda hamda O‘zbekiston ochiq va zamonaviy davlat sifatida dunyoga yanada tanilib bormoqda.

Madaniyat va san’at sohasiga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli, milliy madaniyatni asrab-avaylash, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishiga aylangan. Bugungi “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tadbiri ana shu siyosatning amaliy natijalaridan biridir” — dedi vazir Ozodbek Nazarbekov nutqi davomida.

Konsertda Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli xonandalari, “Tumor” raqs ansambli raqqosalari, “Nihol” mukofoti sovrindori Umid Isroilov, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq artisti Munojat Yo‘lchiyeva,  O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ilyos Arabov, O‘zbekiston xalq artisti Zulayxo Boyxonova, “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Shaxnoza Yoqubjonova, O‘zbekistonning Yaponiyadagi madaniyat elchisi Mashu Komazaki, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurashid Yo‘ldoshev, O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova ishtirok etishdi.

Yaponiyada “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tadbirlari davom etmoqda.

Yaponiyadagi “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tadbirlari doirasida san’at ustalari ishtirokida konsert dasturlari, fotoko‘rgazma hamda bir qator rasmiy uchrashuvlarning o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Пожалуйста, введите ваш комментарий!
пожалуйста, введите ваше имя здесь

Последние новости

Меҳнат таътилини пулли компенсацияга алмаштириш: ҳуқуқий асос ва ижтимоий аҳамияти

Ўзбекистон Республикасининг амалдаги Меҳнат кодекси ходимнинг дам олиш ҳуқуқини асосий конституциявий кафолатлардан бири сифатида эътироф этади. Шу нуқтаи назардан,...

Больше похожих статей

×