8.1 C
Узбекистан
Четверг, 27 ноября, 2025

Buyuk Britaniya Elchixonasi va BMT Taraqqiyot Dasturi O‘zbekistonda ayollarning yetakchiligiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi uchrashuvni o‘tkazdi

Топ статей за 7 дней

Подпишитесь на нас

51,905участниковМне нравится
22,962участниковЧитать
7,960участниковПодписаться
- Advertisement -


Buyuk Britaniya va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMT Taraqqiyot Dasturi) ayollarning yetakchilik salohiyatini rivojlantirish uchun sharoit yaratish bo‘yicha strategiyalarni muhokama qilish maqsadida yuqori darajadagi nonushta uchrashuvini o‘tkazdi. Tadbirda sobiq Yangi Zelandiya Bosh vaziri va sobiq BMT Taraqqiyoti Dasturi Bosh Administratori Rt Hon. Helen Klark hamda O‘zbekistonning barcha hokimiyat tarmoqlaridan yetakchi ayollar ishtirok etdi.


Uchrashuvda Oliy Majlis, Sudyalar Kengashi, vazirliklar va Prezident Administratsiyasi hamda sohaning yetakchi vakillari ishtirok etdi. Tadbirning hamraislari sifatida Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Timoti Smart va BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakilasi Akiko Fujii qatnashdi.
Muloqot ayollarning yetakchi sifatida o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi va kelajakni shakllantirishiga imkon beradigan sharoitlarni yaratish masalalariga qaratildi. Helen Klark Yangi Zelandiya Bosh vaziri va BMT Taraqqiyot Dasturi Bosh administratori lavozimidagi faoliyati davomida orttirgan tajribasi va saboqlari bilan bo‘lishdi. Uning fikrlari ayollarning mojarolar, iqlim o‘zgarishi va tengsizlik sharoitida qanday qilib bardoshli va samarali yetakchi bo‘lishi mumkinligi haqida ilhomlantiruvchi muloqotga sabab bo‘ldi.


Ishtirokchilar institutsional to‘siqlarni bartaraf etish, inklyuziv qaror qabul qilish jarayonlarini rivojlantirish va barcha darajalarda ayollarning yetakchiligini qo‘llab-quvvatlaydigan tizimlarni yaratish bo‘yicha amaliy strategiyalarni muhokama qildilar.
Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Timoti Smart muloqotning ahamiyatini alohida ta’kidladi.

“Ayol yetakchilarni qo‘llab-quvvatlash faqat adolat masalasi emas — barqaror institutlar va inklyuziv jamiyatlar barpo etishning muhim shartidir. Bugungi Helen Klark va O‘zbekistonning ilg‘or ayol yetakchilari bilan bo‘lgan suhbat Buyuk Britaniyaning gender tengligini barqaror rivojlanish va samarali boshqaruvning asosiy ustuni sifatida qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi,” dedi elchi.

 
Tadbir davomida BMT Taraqqiyot Dasturining Gender tengligi sertifikati dasturi alohida e’tirof etildi. Ushbu global tashabbus tashkilotlarga gender tengligini siyosat va amaliyotlariga chuqur singdirishga ko‘maklashadi. Davlat Bojxona qo‘mitasining yaqinda Kumush sertifikatga erishgani O‘zbekistonning gender tenglik yo‘lida muhim yutuq sifatida qayd etildi. Qo‘mita nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda ushbu sertifikatni qo‘lga kiritgan birinchi davlat tashkiloti hisoblanadi.

BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakilasi Akiko Fujii tashkilotlarni yetakchi bo‘lishga va transformatsion o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
“BMT Taraqqiyot Dasturi Gender tengligi sertifikati oddiy sertifikat emas, balki institutlarni ichkaridan o‘zgartirishga qaratilgan majburiyatdir. Gender tengligini amaliyotga joriy etish orqali ayollar yetakchilik qilishi, innovatsiya yaratishi va muvaffaqiyatga erishishi mumkin bo‘lgan ish muhitini yaratamiz. Biz barcha hamkorlarni jasorat bilan harakat qilishga chaqiramiz, chunki gender tengligi nafaqat prinsip, balki innovatsiya, barqarorlik va taraqqiyotning kuchli drayveridir. Birgalikda biz majburiyatlarni real o‘zgarishga aylantira olamiz,” dedi Akiko Fujii.

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Пожалуйста, введите ваш комментарий!
пожалуйста, введите ваше имя здесь

Последние новости

Ўзбекистон Президенти янги тайинланган элчиларнинг ишонч ёрлиқларини қабул қилди

27 ноябрь куни мамлакатимизга янги тайинланган хорижий элчилар томонидан ишонч ёрлиқларини топшириш тантанали маросими бўлди. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев...

Больше похожих статей

×