8.6 C
Узбекистан
Четверг, 20 ноября, 2025

Neyrodivergent rassomning ilk shaxsiy ko‘rgazmasi — inklyuziv ta’lim samaradorligining yaqqol isboti

Топ статей за 7 дней

Подпишитесь на нас

51,905участниковМне нравится
22,962участниковЧитать
7,920участниковПодписаться
- Advertisement -

Hafta oxirida Haqiqiy galereyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Xalqaro inklyuziv hab (keyingi o‘rinlarda — Hab) oʻquvchisi — Salomova Zafinaning ilk shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu tadbir to‘g‘ri tashkil etilgan inklyuziv muhit yoshlarning o‘zini namoyon etishi va ijodiy rivojlanishi uchun qanday imkoniyatlar yaratishini yorqin ko‘rsatib berdi.

Zafina — neyrodivergent rassom, Xalqaro inklyuziv hab bitiruvchisi va Boboqulov Jahongir shogirdi. Bir yil davomida uning ijodiy jarayoni yanada ongli tus oldi: diqqatni jamlash qobiliyati oshdi, o‘zaro muloqot ko‘nikmalari mustahkamlandi.

Avvallari Zafina ishni tezda tugatib, yangi g‘oyaga o‘tar edi, hozir esa kompozitsiyaga diqqatini uzoqroq qaratadi, boshlagan ishiga qaytadi va yangi texnika hamda rang yechimlarini qiziqish bilan o‘rganadi. Ta’lim jarayoniga jalb qilish, turli tajriba va rivojlanish xususiyatlariga ega tengdoshlari bilan muloqot uning ijodiy va shaxsiy kamoloti, hissiy-kommunikativ hamda axloqiy ko‘nikmalari kengayishida muhim omilga aylandi.

Aynan shunday o‘zgarishlar inklyuziv muhit har bir bolaning salohiyatini ochishda qanchalik katta rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Zafinaning asarlari — rang, shakl va makon orqali muloqot usuliga aylanuvchi intuitiv va lahzaviy jarayon. Ko‘rgazma

mehmonlari shunday deya ta’kidlashdi: “Odamga keskin cheklovlar qo‘yilmaganda, u erkinroq fikrlay boshlaydi.”

Aynan mana shu yondashuv: cheklash emas, balki ichki salohiyatni ochishga yordam berish inklyuziv ta’limning asosidir.

Ko‘rgazma kuratori Aleksandra Romanova quyidagicha fikr bildirdi: “Zafinaning ishlari oldidan befarq o‘tib bo‘lmaydi: har bir polotnoda o‘z ritmi, xarakteri hamda shaxsiy nuri bor. Yorqin nuqtalar, doiralar, chiziqlar — bu tartibsizlik emas, uning dunyoni ko‘rish uslubi. U rang bilan erkin va jasorat bilan ishlaydi, go‘yo bo‘yoqlar so‘zdan balandroq gapirishi mumkinligini allaqachon biladigandek.”

Ba’zi mehmonlar Zafinaning ijodini dunyodagi eng mashhur neyrodivergent rassomlardan biri — yapon san’atkori Yayoi Kusama ishlariga qiyosladilar.

Zafinaning onasi, Rajabova Dilnoza o‘z taassurotlarini quyidagicha bo‘lishdi: “Zafina — mehribon, sezgir va nihoyatda samimiy qiz. U dunyoni boshqacha ko‘radi, boshqalar ko‘zdan qochiradigan narsalarni ko‘ra oladi. Autizmga ega bola uchun qabul qilinish va atrofdagilarning iliqligini his qilish juda muhim. Hab mening farzandim uchun aynan shunday maskanga aylandi. Men unda har kuni ko‘radigan chuqur qalb va o‘ziga xos dunyoqarashni endilikda ko‘rgazma mehmonlari ham guvohi boʻldilar.”

Shaxsiy ko‘rgazma — bu katta ijodiy yutuq bo‘lishi bilan birga, Xalqaro inklyuziv habning tizimli, puxta tashkil etilgan sa’y-harakatlari natijasidir. Bu yerda inklyuziya rasmiy tushuncha emas, balki to‘g‘ri yondashuv orqali har bir bola, rivojlanish xususiyatlaridan qat’i nazar, o‘z salohiyatini to‘liq ochishi mumkinligini amalda isbotlaydigan haqiqiy vositadir.

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Пожалуйста, введите ваш комментарий!
пожалуйста, введите ваше имя здесь

Последние новости

Ўзбекистонда эркак шифокорлар сони аёллардан кўпроқ — Cтатистика

Миллий статистика қўмитаси 2025-йил 1-январь ҳолатига мамлакатда фаолият юритаётган шифокорлар тўғрисидаги навбатдаги маълумотларни эълон қилди. Унга кўра, Ўзбекистонда жами...

Больше похожих статей

×