12.1 C
Узбекистан
Вторник, 18 ноября, 2025

Xitoylik sayyohlar soni 200 mingdan oshdi

Топ статей за 7 дней

Подпишитесь на нас

51,905участниковМне нравится
22,962участниковЧитать
7,910участниковПодписаться
- Advertisement -

So‘ngi yillarda dunyoda eng yirik turizm bozorlari bo‘lmish Xitoydan sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha ishlar ko‘lami sezilarli kengaygan. Jumladan, 2025-yil “Xitoyda O‘zbekiston turizm yili” deb e’lon qilindi. Yil davomida Xitoyning yirik shaharlari va provinsiyalarida turizm roudshoulari o‘tkazildi, Sian, Guanchjou, Gonkong shaharlaridagi salmoqli turizm ko‘rgazmalarida mamlakat milliy stendi bilan ishtirok etildi.

Albatta, ikki mamlakat turizm tadbirkorlari o‘rtasida bevosita aloqalarning kengayishi uchun zarur imkoniyatlar yaratilayotganligi, bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarning davomiyligini ta’minlamoqda. Masalan, shu kungacha o‘tkazilgan tadbirlarda 500 ortiq Xitoy turkompaniyalari bilan B2B-muzokaralar tashkil etilib, 40 dan ortiq hamkorlik bitimlari imzolandi.

Qolaversa, 2025-yil 1-iyunidan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilganligi soha vakillari uchun juda katta imkoniyatlarni ochib bermoqda.

Natijada, 2025-yil yanvar-oktyabr oylari davomida yurtimizga Xitoydan 217 ming nafar turist tashrif buyurdi. Yil yakuniga qadar esa mazkur ko‘rsatgich 250 minga yetishi kutilmoqda.

E’tiborlisi, Turizm yili davomida erishilgan natijalar joriy yildagi maqsadli ko‘rsatkich – 180 ming nafardan 40% ga ko‘p va o‘tgan yilgi ko‘rsatgichlarga nisbatan 3,7 baravar o‘sishni ta’minladi. Bu esa davlatimiz rahbari tomonidan soha oldiga qo‘ygan yirik maqsad – Xitoydan 1 million sayyoh jalb qilishdagi qadamlar jadallashganidan dalolatdir.

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Пожалуйста, введите ваш комментарий!
пожалуйста, введите ваше имя здесь

Последние новости

Меҳнат миграцияси соҳасидаги вазифалар ва режалар тақдимот қилинди

18 ноябрь куни Президент Шавкат Мирзиёевга ташқи меҳнат миграцияси тизимини такомиллаштириш ва миграция жараёнларини халқаро стандартлар асосида йўлга қўйиш...

Больше похожих статей

×