12.8 C
Узбекистан
Понедельник, 17 ноября, 2025

Jizzaxda yangi turistik maskan foydalanishga topshirildi

Топ статей за 7 дней

Подпишитесь на нас

51,905участниковМне нравится
22,962участниковЧитать
7,910участниковПодписаться
- Advertisement -

Jizzax viloyati turizm salohiyatini rivojlantirish, mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirish hamda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida Sharof Rashidov tumanida yangi yirik turistik kompleks “Rancho Tour” foydalanishga topshirildi.

Joriy yilda mazkur maskanda keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilib, aholi uchun qulay dam olish hududiga aylantirildi. Xususan, turistik maskanga olib boruvchi yo‘llar asfaltlandi, 131 gektar foydalanilmay turgan lalmi va tog‘ adirlik yerlari ko‘kalamzorlashtirildi, 50 gektar maydonda 30 dan ortiq turdagi manzarali va mevali bog‘lar barpo etildi.

1 gektar maydonda baliq ovlash uchun maxsus hudud, hayvonot bog‘i, zamonaviy 4 bosqichli ziplayn hamda uning yakuniy nuqtasiga o‘rnatilgan umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etildi.

Yoshlar va ekstremal sport ishqibozlari uchun qoyatoshga chiqish yo‘laklari, Jizzax shahri manzarasini yuqoridan tomosha qilish imkonini beruvchi havo sharida sayr, shuningdek, 2,5 km masofada kvadrosiklda sayohat qilish xizmatlari yo‘lga qo‘yildi.

Ta’kidlash joizki so‘nggi yillarda Jizzax viloyatida turizm sohasi iqtisodiyotning asosiy drayverlaridan biriga aylanib bormoqda. Joriy yilda viloyatga 472 ming nafar xorijiy, 1,6 million mahalliy sayyoh tashrif buyurdi. Turizm xizmatlari eksporti 70 million dollarga yetdi.

Shu bilan birga, joriy yilda jami 49 ta, 1274 o‘rinli joylashtirish maskanlari foydalanishga topshirildi, 500 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. Bugungi kunda viloyatda mehmonxona, xostel, kemping va oilaviy mehmon uylari soni 312 taga, joylar soni esa 7657 taga yetdi.

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Пожалуйста, введите ваш комментарий!
пожалуйста, введите ваше имя здесь

Последние новости

«Taymetov. G’alaba parvozi» filmi Ikkinchi jahon urushi haqidagi eng yaxshi film deb topildi.

"Uzbekistan Airports" tashabbusi bilan yaratilgan va birinchi o'zbek uchuvchisi Abdusamat Taymetov va Toshkent "ТАПОиЧ" zavodida Li-2 samolyotining yaratilishi haqida...

Больше похожих статей

×