Joriy yilning 10-24-avgust kunlari butun Oʻzbekiston boʻylab Futzal boʻyicha Jahon chempionati kubogi taqdimoti – “Trophy tour” tadbiri boʻlib oʻtadi. Mamlakatimizning barcha hududlari boʻylab oʻtkaziladigan mazkur tadbirlar davomida ishqibozlar Jahon chempionatining bosh sovrini bilan suratga tushishlari, koʻngilochar dasturlarda ishtirok etishlari hamda hamkorlar tomonidan taqdim etiladigan esdalik sovgʻalarga ega boʻlishlari mumkin.
Jahon chempionati starti arafasida Mundial bosh sovrini Andijondan “yoʻlga chiqadi” va butun Respublika boʻylab “sayohat qiladi”.
“Trophy tour” tadbirlarining rejasi va xaritasi (barcha hududlarda tadbirlarning boshlanish vaqti 19:00 etib belgilangan):
10-avgust – Andijon, Ekopark;
11-avgust – Fargʻona, EkoShahar;
12-avgust – Namangan, Afsonalar vodiysi bogʻi;
15-avgust – Nukus, Qoraqalpogʻiston Davlat sanʼat muzeyi yaqinidagi xiyobon;
16-avgust – Urganch, Amir Temur bogʻi;
17-avgust – Buxoro, Labi Hovuz;
18-avgust – Navoiy, Markaziy savdo majmuasi;
19-avgust – Qarshi, Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri;
20-avgust – Termiz, Alisher Navoiy maydoni;
21-avgust – Samarqand;
22-avgust – Jizzax, Oʻrda;
23-avgust – Guliston, Bilimdonlar maskani;
24-avgust – Toshkent, “Central Park”.
Shuni ham taʼkidlash joizki, Visa kartalari egalari uchun https://futsal2024.uz/ saytida uchrashuv chiptalarining sotuvi yoʻlga qoʻyilgan. 13-avgust kunidan boshlab esa barcha toʻlov usullari boʻyicha sotuvlar boshlanadi.
Tadbir Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Turizm qoʻmitasi hamkorligida oʻtkazilmoqda.