Kamilla Raximova Ruminiyadagi WTA 250 turnirining juftlik bahslarida g‘oliba bo‘ldi

Топ статей за 7 дней

Подпишитесь на нас

51,905участниковМне нравится
22,962участниковЧитать
8,780участниковПодписаться
- Advertisement -

O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Raximova ispaniyalik Sara Sorribes-Tormo bilan juftlikda Ruminiyaning Kluj-Napoka shahrida o‘tkazilgan WTA 250 turnirining juftlik bahslarida g‘alaba qozondi.

Final uchrashuvida Raximova va Sorribes-Tormo Xitoy vakillari Sin’yuy Van hamda Saisay Chjen juftligiga qarshi kortga chiqib, ikki setda zafar quchdi. Birinchi set tay-brekda 7-6 (9-7) hisobida yakunlandi, ikkinchi setda esa o‘zbek-ispan dueti uchrashuvni ishonchli tarzda 6-3 hisobida g‘alaba bilan yakunladi.

WTA 250 toifasidagi turnirdagi ushbu titul Kamilla Raximova uchun muhim yutuq bo‘lib, uning jahon ayollar tennisi yuqori darajasidagi barqaror va muvaffaqiyatli ishtirokini yana bir bor tasdiqladi.

O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Пожалуйста, введите ваш комментарий!
пожалуйста, введите ваше имя здесь

Последние новости

Автомобиль бозори апрель ойида: харидор учун танлов, сотувчи учун рақобат кучаймоқда

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Макроиқтисодий ва ҳудудий тадқиқотлар институти (МҲТИ) мутахассислари томонидан 2026-йил апрель ойида Ўзбекистондаги иккиламчи автомобиль...

Больше похожих статей