-0.6 C
Узбекистан
Суббота, 17 января, 2026

Rim shahridagi FAO shtab-kvartirasida “Ona yer nidosi” hujjatli filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi

Топ статей за 7 дней

Подпишитесь на нас

51,905участниковМне нравится
22,962участниковЧитать
8,320участниковПодписаться
- Advertisement -

Rim shahridagi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) shtab-kvartirasida “Ona yer nidosi” hujjatli filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi. Film O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Zamin fondi ko‘magida tayyorlangan.

Namoyish Butunjahon Tuproq Kuni munosabati bilan tashkil etildi va tuproq resurslarining O‘zbekistonning oziq-ovqat xavfsizligi hamda qishloq xo‘jaligi sektorining barqaror rivojlanishidagi muhim o‘rnini ta’kidladi. Hujjatli film tuproqni muhofaza qilishning dolzarbligini, uni tirikchilik manbalari, qishloq hududlari farovonligi va uzoq muddatli ekologik barqarorlik uchun zarur bo‘lgan asosiy tabiiy resurs sifatida himoya qilish zarurligini yoritadi.

Tadbirda O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi — mamlakatimizning FAO huzuridagi doimiy vakili, FAO shtab-kvartirasi va O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbariyati va xodimlari, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyati, diplomatik korpus vakillari, Italiyada faoliyat yuritayotgan xalqaro va ixtisoslashgan tashkilotlar vakillari, shuningdek, soha oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar ishtirok etdi.

Premyera tuproqni muhofaza qilish ahamiyatiga e’tibor qaratish va yer resurslarini barqaror boshqarish hamda ulardan oqilona foydalanish borasida FAO va O‘zbekiston o‘rtasidagi mustahkam hamkorlikni yana bir bor tasdiqlash uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Пожалуйста, введите ваш комментарий!
пожалуйста, введите ваше имя здесь

Последние новости

Япония Молия вазири йеннинг яқиндаги арзонлашишидан хавотирдалиги ва ҳукумат валюта қадрсизланишини давом эттирмаслик учун «қатъий чоралар» кўришга тайёр эканини маълум қилди

Япония Молия вазири Сатсуки Катаяма жума куни йеннинг яқиндаги арзонлашувидан хавотирга тушганини билдирди ва ҳукумат валюта қадрсизланишини давом эттирмаслик...

Больше похожих статей

×