37.3 C
Узбекистан
Среда, 26 июня, 2024

Visa Markaziy Osiyo, Kavkaz va Moldova hududlarida xalqaro pul o‘tkazmalarini rivojlantirish uchun TransferGo bilan hamkorlik qiladi.

Топ статей за 7 дней

Подпишитесь на нас

51,905участниковМне нравится
22,962участниковЧитать
6,470участниковПодписаться
- Advertisement -

London, Buyuk Britaniya, 2024-yil 10-iyun – Raqamli to‘lovlar bo‘yicha jahon yetakchisi Visa va jahon mamlakatlair uchun tobora yangi imkoniyatlarni taqdim etayotgan fintech kompaniya – TransferGo uzluksiz transchegaraviy to‘lovlarni soddalashtirish hamda moliyaviy inklyuzivlikni rag‘batlantirish maqsadida Markaziy Osiyo, Kavkaz mamlakatlari va Moldovada.hamkorlikni kengaytirdi. 

Ushbu hamkorlik Yevropa va Buyuk Britaniyadagi odamlarga  quyidagi to‘qqizta davlatlarga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi: Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Moldovada. Ushbu hamkorlik tufayli mijozlar endi ushbu hududlardagi o‘z oilasi va do‘stlariga tez va oson tarzda pul yuborishlari mumkin.

Visa tufayli TransferGo Olimpiada kampaniyasini, jumladan, 9 ta davlatda Visa kartalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul jo‘natadigan yangi mijozlar uchun eksklyuziv sovrinlar o‘yinini boshladi. Ishtirokchilar ajoyib sovrinlarni, jumladan, Olimpiya o‘yinlariga bagʻishlangan 36 ta sovg‘a qutilari, 10 ta Samsung planshetlari va telefonlari hamda 5000 funt sterlinglik aviachipta vaucherini yutib olish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, TransferGo orqali Visa kartasiga pul jo‘natgan har bir yangi mijoz uchun ikkita bepul pul o‘tkazmalar amalga oshirish uchun imkoniyat beriladi.

“Visa yaqinlarini qo‘llab-quvvatlovchi odamlar uchun tez, oddiy va xavfsiz xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyatini ta’minlashga intiladi”, deb yozadi Visa kompaniyasining FinTech Europe rahbari Marni Kruppa. “Biz real vaqt rejimida to‘lovlarni amalga oshirish uchun TransferGo bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz, ushbu ximzat butun dunyodagi odamlarga yordam beradi”.

“Biz butun dunyo boʻylab odamlarga soddagina, tushunishga oson va sifatli moliyaviy xizmatlar ko‘rsatmoqdamiz, ularning mashaqqatlari bilan topgan pullari uydagi oila va doʻstlarga yetkazilishini taʼminlamoqdamiz”, deydi Reena Chauxan, TransferGo kompaniyasining Buyuk Britaniyadagi toʻlov yechimlari boʻyicha boshqaruvhci xodimi. “Bizning Visa bilan hamkorligimiz xalqaro to‘lovlar uchun ishonchli, xavfsiz va tezkor yechim taklif qilishda bizga yordam beradi. Bu bizning mijozlarimizga global moliyaviy inklyuzivlik uchun yaxshi muhit yaratish bilan birga mazmunli hayot aloqalarini saqlab qolish imkonini beradi.

TransferGo o‘zini butun dunyoga ishonchli xalqaro pul o’tkazmalari xizmati sifatida ko‘rsatdi, u yuqori o‘tkazma tezligi, kamroq xizmat haqqi va foydalanish qulayligini ta’minlaydi. TransferGo Visa uchun moliyaviy ta’sirni kengaytirish uchun ideal hamkordir.

TransferGo 2023-yilda Markaziy Osiyo, Kavkaz va Moldovada 2022-yilga nisbatan ajoyib statistikani ko‘rsatdi: tranzaksiyalar soni 169 foizga, naqd pul aylanmasi 177 foizga o‘sdi.

Visa-TransferGo hamkorligi va sovrinlar haqida batafsil ma’lumotni https://www.transfergo.com/kampania-visa sahifasida topishingiz mumkin.

TransferGo kompaniyasi haqida:

TransferGo — oddiy va qulay moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali millionlab sonli dunyo ahli uchun jahonga mashhur fintech kompaniyasi hisoblanadi. Innovatsiyalarning o‘n yilligini nishonlayotgan TransferGo 160 ta mamlakatdagi 7 milliondan ortiq mijozlarni qo‘llab-quvvatlash orqali ular uchun moliyaviy to‘siqlarni bartaraf etishda davom etmoqda. Moliyaviy inklyuzivlikka e’tibor qaratgan TransferGo kompaniyasining asosiy vazifasi odamlar va korxonalarning davlatlarning chegaralari osha pul jo‘natish va qabul qilish usullarini o‘zgartirgan holda  dunyoni yanada qulay joyga aylantirishdan iborat. Kompaniya bosh ofisi London va Vilnyusda joylashgan, TransferGo butun Yevropa bo‘ylab taxminan 400 kishini ish bilan ta’minlaydi.

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Пожалуйста, введите ваш комментарий!
пожалуйста, введите ваше имя здесь

Последние новости

Танқидми ёки ҳақоратми? HRW тадқиқотидан кейинги мулоҳаза

Бутун дунёда интернетда ҳақоратлар ва таҳдидлар тобора ўсиб бораётгани сир эмас.  Нафрат, ғазаб, ёмон ниятлилик ижтимоий таромқларда одатий ҳолга...

Больше похожих статей

×