12.4 C
Узбекистан
Понедельник, 1 декабря, 2025

Top-109 o‘rinda turgan WTA tennischisi Kamilla Rahimova rasmiy ravishda O‘zbekiston terma jamoasiga qo‘shildi

Топ статей за 7 дней

Подпишитесь на нас

51,905участниковМне нравится
22,962участниковЧитать
7,970участниковПодписаться
- Advertisement -

WTA reytingida 109-o‘rinni egallab turgan professional tennischi Kamilla Rahimova endilikda xalqaro turnirlarda O‘zbekiston bayrog‘i ostida ishtirok etadi.

Kamilla Rahimova kim?

24 yoshli Kamilla Rahimova 2001-yil 28-avgust kuni Yekaterinburgda tug‘ilgan. Kamilaning oilasi O‘zbekiston bilan bog‘liq: uning onasi Rufina Rahimova (turmushga chiqishdan oldingi familiyasi Yalalova) yoshligida o‘z yosh toifasida eng kuchli tennischilar qatoriga kirgan va O‘zbekiston SSR sharafini himoya qilgan. Kamilaning katta akasi Timur esa Toshkentda tug‘ilgan. Shu oilaviy ildizlar Rahimovaning O‘zbekiston nomidan ishtirok etish qarorini yanada ramziy ahamiyatli qiladi.

So‘nggi yillarda Kamilla Rahimova jahon turidagi eng barqaror va professional rivojlanayotgan sportchilardan biriga aylandi.

Uning faoliyatidagi asosiy natijalar:

Yakkalikdagi eng yuqori reytingi: №60 (2024-yil 30-dekabr)

Juftlikdagi eng yuqori reytingi: №51 (2025-yil 25-avgust)

WTA juftlikda 3 ta titul

WTA 125 yakkalikda g‘oliblik, shuningdek juftlikdagi g‘alabalar

“Katta Dubulg‘a” turnirlaridagi eng yaxshi natijalari (yakkalik):

US Open: 3-bosqich (2021)

Roland Garros: 3-bosqich (2023)

Wimbledon: 3-bosqich (2025) — jumladan, dunyoning 5-raqami Jasmin Paolini ustidan g‘alaba

“Katta Dubulg‘a” juftlikdagi natijalari:

Australian Open: chorak final (2025)

Roland Garros: 3-bosqich (2025)

Wimbledon: 2-bosqich (2024, 2025)

2025-yilgi mavsumda Rahimova yuqori dinamikani saqlab kelmoqda: uning so‘nggi yirik natijalaridan biri — WTA 1000 WTA 1000 Cincinnati turnirida juftlik bahslarida chorak final (avgust 2025).

28-noyabr 2025-yilgi yangilangan WTA reytingiga ko‘ra, Rahimova yakkalikda 109-o‘rinda joylashgan.

O‘zbekiston tennisida yangi bosqich

Kamilla Rahimovaning O‘zbekiston bayrog‘i ostida ishtirok etishi — milliy terma jamoa uchun strategik kuchayish, bu esa mamlakatning xalqaro sahnadagi raqobatbardoshligini yangi darajaga olib chiqadi.

Endi O‘zbekiston “Katta Dubulg‘a” turnirlari, WTA, ITF musobaqalari, jamoaviy chempionatlar, Osiyo o‘yinlari va Billie Jean King Cupda yuqori natijalar uchun kurasha oladigan jahon darajasidagi tennischiga ega bo‘ladi.

“Kamilla Rahimovaning O‘zbekiston terma jamoasiga qo‘shilishi tarixiy voqea. U o‘zini kuchli va raqobatbardosh tennischi sifatida ko‘rsatgan, dunyoning eng yaxshi o‘yinchilari bilan tengma-teng o‘ynay oladi. Biz Kamillani terma jamoa tarkibida ko‘rganimizdan mamnunmiz va oldinda — yorqin g‘alabalar, katta yo‘l va yangi rekordlar borligiga ishonamiz”, — dedi O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi bosh kotibi Sardor Kamilov.

O‘zbekiston – global tennis markaziga qarab

Kamilla Rahimovaning terma jamoaga qo‘shilishi — raqobatbardosh ayollar terma jamoasini shakllantirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamdir. Federatsiya sportchilarni tayyorlash tizimini mustahkamlashni hamda terma jamoaga jahon darajasidagi o‘yinchilarni jalb qilishni davom ettiradi.

O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi matbuot xizmati

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Пожалуйста, введите ваш комментарий!
пожалуйста, введите ваше имя здесь

Последние новости

Солиқ органлари устидан жамоатчилик назорати ва мобил иловалар орқали солиқ қарздорлиги мониторинги кучайтирилади

Янги тартиб солиқ тизимини шаффоф ва самарали қилишга, аҳоли ва тадбиркорлар учун фискал ахборотларни очиқ етказишга ҳамда маҳаллий бюджетларнинг...

Больше похожих статей

×