3.7 C
Узбекистан
Воскресенье, 8 февраля, 2026

YTTB Toshkent Quvur Zavodining davomiy modernizatsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi

Топ статей за 7 дней

Подпишитесь на нас

51,905участниковМне нравится
22,962участниковЧитать
8,370участниковПодписаться
- Advertisement -

20 million AQSh dollarigacha bo‘lgan moliyalashtirish katta diametrli quvurlarni ishlab chiqarishni kengaytirishga yordam beradi.

Toshkent Quvur Zavodi O‘zbekistondagi eng yirik tayyor po‘lat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilardan biridir.

  • YTTB Toshkent Quvur Zavodiga 20 million AQSh dollarigacha mablag‘ ajratmoqda
  • Yangi moliyalashtirish katta diametrli quvurlar ishlab chiqarishni kengaytirishga xizmat qiladi
  • Loyiha yangi izolyatsiya texnologiyasini joriy etadi hamda quvurlar xizmat muddatini uzaytiradi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) O‘zbekistondagi tayyor po‘lat mahsulotlari bo‘yicha yetakchi xususiy ishlab chiqaruvchi Toshkent Quvur Zavodiga (TQZ) davomiy modernizatsiyasini qo‘llab-quvvatlash va ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish uchun 20 million AQSH dollari miqdorida kredit ajratmoqda.

Mazkur moliyalashtirish TQZga zarur aylanma mablag‘ taqdim etadi hamda izolyatsiyalangan katta diametrli quvurlar (KDQ) ishlab chiqarishni kengaytirish imkonini beradi. TQZ suv quvurlarini himoya izolyatsiyasi bilan qoplash uchun xomashyo xarid qiladi va tegishli qoplama uskunalarini yangilaydi.

TQZ O‘zbekistonda izolyatsiyalangan KDQ ishlab chiqaruvchi yagona korxona hisoblanadi. Ushbu quvurlar suv tashish tizimlari, konchilik ishlari, turar joy va tijorat infratuzilmasi, shuningdek, ko‘priklar, yo‘llar va estakadalar kabi yirik infratuzilma loyihalarida keng qo‘llaniladi.

Loyiha doirasida joriy etiladigan ilg‘or izolyatsiya texnologiyasi kompaniya quvurlarining xizmat muddatini hozirgi 15–20 yildan 50 yilgacha uzaytiradi. Bu esa mamlakat bo‘ylab ekologik infratuzilmani rivojlantirish va sezilarli darajadagi suv tejash orqali uzoq muddatli foyda keltiradi. Bu esa o’z navbatida, suv quvurlarining mustahkamligini oshirish va suv yo‘qotilishini kamaytirish orqali loyiha mamlakatda ichimlik suvi bilan ta’minlanishini yaxshilashga yordam beradi hamda barqaror infratuzilma rivojiga hissa qo‘shadi.

YTTB bugungi kungacha O‘zbekistonda 193 ta loyiha orqali 5,57 milliard yevro miqdorida sarmoya kiritgan bo‘lib, ushbu mablag‘larning aksariyati xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan va mamlakat iqtisodiy rivojiga hissa qo‘shmoqda.

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Пожалуйста, введите ваш комментарий!
пожалуйста, введите ваше имя здесь

Последние новости

Humoyun Sultonov Nigeriyada Devis kubogida g‘alaba qozondi

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi hozirda Nigeriyaning Lagos shahrida o‘tayotgan Devis kubogida ishtirok etmoqda. Jahon guruhi II pley-off bosqichi doirasidagi birinchi...

Больше похожих статей

×