10.7 C
Узбекистан
Пятница, 29 ноября, 2024

ТДПУда Фалсафа фани ривожи учун ўта аҳамиятли бўлган Республика илмий-амалий конференсияси бўлиб ўтди

Топ статей за 7 дней

Подпишитесь на нас

51,905участниковМне нравится
22,962участниковЧитать
7,070участниковПодписаться
- Advertisement -

Falsafa barcha fanlarning otasi sifatida ilm ahli oldida eng koʻp savollarni va javoblarni vujudga keltiruvchi kuchli manbadir.

Joriy yilning 15-aprel kuni pedagogik oliy ta’lim muassasalari orasida flagman boʻlgan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Hozirgi zamon falsafasi: holati va taraqqiyotning istiqbollari” mavzusida Respublika miqyosida onlayn ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Respublikamizning barcha hududlaridan sohaning yetuk mutaxassislari, olimlar, professor-oʻqituvchilar va magistrantlar ushbu konferensiyada faol ishtirok etishdi.

Konferensiyaga O’zbekistondagi 30 ta universitet, MDH, Rossiya va janubiy Koreya Respublikasi universitetlari filiallaridan 90 ga yaqin arizalar kelib tushdi. Birinchi marta talabalardan arizalar qabul qilindi. Shuningdek Rossiya, Qozog’iston, Tojikiston, Ukraina va Hindiston mamlakatlaridan ham sohaning professor-o’qituvchilari konferensiyada qatnashishdi.

Konferensiya ishini ochib berar ekan, TDPU rektori Alisher Umarov oʻz soʻzida Yevropa qayta uyg’onishiga sababchi boʻlgan, antik davr falsafasi va ilmini oʻzlashtirgan, rivojlantirgan Sharq renessansiga asos solgan buyuk faylasuf ajdodlarimizni yod etib oʻtdi. Natijakor va shiddatli islohotlar davriga qadam qoʻygan yangilanayotgan Oʻzbekiston innovatsion jamiyatni yaratishi uchun prezidentimiz tomonidan qoʻyilgan vazifalarning sifatli ijrosi zamonaviy sivilizatsiyada munosib joy egallashimizda eng muhim omil ekanligini rektor ta’kid etdi.

Gumanitar ilm va falsafa ta’lim-tarbiya tizimida ulkan ahamiyatga ega boʻlib, ular doimiy oʻzgarish va yangilanishlarga duchor boʻlmoqda. Insoniyat esa ushbu oʻzgarishlarni oʻrganish va tahlil etishga ulgurayaptimi, ushbu bilimlar hayotga sifatli joriy qilinmoqdami degan savollarga yetarlicha javob bera olmayotgani konferensiyada ochiq ta’kidlandi.

Ta’lim dargohi rahbari falsafaga yangi zamon nafasini berish, bu orqali mustaqil, ijodiy, samarali, tanqidiy, konseptual, tizimli fikrlashni rivojlantirish, zamonaviy pedagogika va ta’lim berish sohasida ulkan yutuqlarni keltirishiga ishonchi komil ekanligini qayd etdi.

Konferensiya sessiyalarida TDPU Tarix fakulteti dekani Lola Babaxodjayeva (yalpi majlis) hamda ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchilari moderatorlik qildilar (bo’limlarda).

Respublika miqyosidagi ushbu konferensiyada Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi ma’naviy-axloqiy ishlar boshqarmasi boshlig’i Otabek Bozorov, Oʻzbekiston Milliy universiteti Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi kafedrasi falsafa fanlari doktori, professor Berdiqul Toʻychiyev, Oʻzbekiston Milliy universiteti “Falsafa va ma’naviyat asoslari” kafedrasi mudiri falsafa fanlari doktori, professor Nigina Shermuhamedova, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Ijtimoiy fanlar kafedrasi falsafa fanlari doktori, professor Karima Tulenova, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi falsafa fanlari doktori, professor Matlyuba Qahhorova, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Valeriy Xan, Toshkent davlat texnika universiteti “Falsafa va milliy g’oya kafedrasi” mudiri, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Kamola  Farfiyeva va boshqalar oʻzlarining falsafaga oid yangi tahlillari, izlanishlari va xorijiy tajribaga oid nutqlari bilan ishtirok etdilar.

Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinoning falsafiy yozishmalari, Talaba yoshlarning ongini yuksaltirishda g’oyaviy-mafkuraviy tarbiyaning ahamiyati, Yangilanayotgan O’zbekistonda uzluksiz ta’lim va tarbiyaning mutanosibligini ta’minlash omillari, Ta’lim tizimini takomillashtirish jarayonida milliy qadriyatlarning ustuvorligi, Global etika va OTMda kasb etikasini o’qitishning dolzarb muammolari, Zamonaviy dunyoda ijodiy fikrlashni shakllantirish falsafasi va vazifalari, Yoshlarni axborotlar xavfidan himoya etishda ilmiy tafakkurning ahamiyati kabi ustuvor darajadagi mavzular doirasidagi chiqishlar konferensiya ishida asosiy o’rin egalladi.

Konferensiya soʻngida qatnashchilar falsafa fani tadqiqiga oid bu kabi ilmiy-amaliy konferensiyalar sonini koʻpaytirish va boʻlib oʻtgan konferensiyani doimiy shaklda oʻtkazilishi kerakligi xususida yakdil qarorga keldilar.

Bu kabi ahamiyatli uchrashuvlar, konferensiyalar ta’lim sohasining barcha boʻginlarida ilmiy yuksalishga, falsafa fanining yangi qirralarini ochgan holda, hayotga sifatli realizatsiya qilishga, professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar salohiyatlarini oshirishga, fanning xorijiy, yangi yutuqlarini mahalliylashtirishga ulkan hissa qoʻshadi.

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Пожалуйста, введите ваш комментарий!
пожалуйста, введите ваше имя здесь

Последние новости

Яхши қўшничилик

Яхши қўшни қариндошдан ҳам яқин, нақли бежиз айтилмаган. Жанубдаги қўшнимиз Ўзбекистон жорий йили Қозоғистонга 4,7 млрд куб сув берди....

Больше похожих статей

×