6.4 C
Узбекистан
Суббота, 10 января, 2026

Mubashshir Ahmadning sog‘lig‘iga oid xabarlar o‘rganildi

Топ статей за 7 дней

Подпишитесь на нас

51,905участниковМне нравится
22,962участниковЧитать
8,300участниковПодписаться
- Advertisement -

OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar asosida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili viloyatdagi 5-sonli jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Unda ushbu koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum A.T. (Mubashshir Ahmad)ning sog‘lig‘i va saqlanish sharoiti o‘rganildi.

Monitoring davomida mahkumlar bilan, shu jumladan mahkum A.T. bilan ham holi tarzda suhbat o‘tkazildi va uning sog‘lig‘iga oid tibbiy hujjatlar bilan tanishildi.

A.T. muassasada tibbiy yordam ko‘rsatilishidan shikoyati yo‘qligini, muntazam ravishda to‘liq tibbiy tekshiruvdan o‘tkazib kelinayotganligini, faqatgina avvaldan mavjud bo‘lgan kasalliklari tufayli sog‘lig‘ida biroz o‘zgarishlar borligini va tegishli tibbiy yordam olayotganligini qayd etdi. Shuningdek, muassasada o‘z xohishiga ko‘ra mehnatga jalb etilganligi (oshxona ishlari bilan shug‘ullanadi) hamda qonunchilikda belgilangan vaqtlardan tashqari ortiqcha mehnatga jalb etilmaganligini, ish sharoiti mehnatni muhofaza qilish qoidalariga muvofiq ekanini aytib o‘tdi.

Oziq-ovqat taʼminoti va yashash sharoiti bo‘yicha ham shikoyat bildirmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sog‘lig‘idan kelib chiqib, belgilangan norma bo‘yicha oziq-ovqat beriladi.

Mahkum A.T. bilan o‘tkazilgan holi tarzdagi suhbatda u hech qanday masalada murojaat qilmadi.

Eslatib o‘tamiz, Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan ushbu muassasaga 2025-yilning noyabr va dekabr oylarida amalga oshirilgan monitoring tashriflari davomida ham mahkum A.T. tomonidan murojaatlar kelib tushmagan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)Axborot xizmati

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Пожалуйста, введите ваш комментарий!
пожалуйста, введите ваше имя здесь

Последние новости

Ўзбекистонлик аёллар асосан неча ёшда она бўлишмоқда? — Cтатистика

Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилнинг январь–сентябрь ойларида Ўзбекистонда жами 664,6 мингта туғилиш ҳолати қайд этилган. Статистик маълумотларда туғилишлар...

Больше похожих статей

×