1 C
Узбекистан
Среда, 7 января, 2026

Gruziyaga sayohat qilayotgan yo‘lovchilar diqqatiga: 2026-yil 1-yanvardan boshlab mamlakatga kirish bo‘yicha yangi talablar

Топ статей за 7 дней

Подпишитесь на нас

51,905участниковМне нравится
22,962участниковЧитать
8,240участниковПодписаться
- Advertisement -

Uzbekistan Airways Gruziya hukumati tomonidan chet el fuqarolarining mamlakatga kirishi uchun yangi majburiy talab joriy etilganini eslatib o‘tadi. 2026-yil 1-yanvardan boshlab barcha chet el fuqarolari Gruziya hududida bo‘lishning butun davri uchun amaldagi tibbiy sug‘urtaga ega bo‘lishlari shart.

Polis yo‘qligi uchun jarima: 300 lari (taxminan 1,3 million so‘mga teng).

Majburiy tibbiy polisga qo‘yiladigan talablar:
✅ Til: Polis ingliz yoki gruzin tilida rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart.
✅ Amal qilish muddati: Sug‘urta qamrovi Gruziyada bo‘lishning butun davriga taalluqli bo‘lishi kerak.

Minimal qamrov:
✅ Shoshilinch ambulatoriya xizmatlari: kamida 5 000 AQSH dollari.
✅ Statsionar davolanish (shu jumladan baxtsiz hodisalar, jarohatlar, kasalliklar, evakuatsiya va repatriatsiya): kamida 30 000 AQSH dollari.
✅ Qo‘shimcha: Mamlakatning tog‘li hududlariga sayohat qilish uchun alohida talablar mavjud.

Hujjat doimo yoningizda bo‘lishi lozim (mobil qurilmada elektron shaklda yoki qog‘ozga chop etilgan holda). Polis mamlakatga kirishda ham, mamlakat ichidagi huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan ham talab qilinishi mumkin.

Yo‘lovchilardan chegaradan qiyinchiliksiz o‘tish uchun barcha zarur hujjatlarni oldindan tayyorlab qo‘yishlarini so‘raymiz. Gruziya yo‘nalishlari bo‘yicha aviachiptalarni www.uzairways.com rasmiy saytimizdan, Uzbekistan Airways ilovasidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniyamiz agentlaridan xarid qilishingiz mumkin.

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Пожалуйста, введите ваш комментарий!
пожалуйста, введите ваше имя здесь

Последние новости

Тоға, амаки, амма ва хола фарзадлари ўртасида никоҳни тақиқланиши қўзда тутилмоқда

Ўзбекистонда хотин-қизлар ва болаларнинг ҳуқуқ ҳамда эркинликларини янада кучайтиришга қаратилган қонунчиликни такомиллаштириш режалаштирилмоқда. Лойиҳага кўра, ён шажара бўйича иккинчи,...

Больше похожих статей

×