2.3 C
Узбекистан
Пятница, 19 декабря, 2025

FAO ko‘magida maktablarda ovqatlanish tizimini takomillashtirish bo‘yicha loyiha yakunlandi

Топ статей за 7 дней

Подпишитесь на нас

51,905участниковМне нравится
22,962участниковЧитать
8,090участниковПодписаться
- Advertisement -

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda mahalliy hokimiyat organlari bilan yaqin hamkorlikda “Maktablarda ovqatlanish tizimini sinovdan o‘tkazish orqali oziq-ovqat xavfsizligini oshirish va sog‘lom ovqatlanishni yaxshilashga ko‘maklashish” loyihasini amalga oshirdi.

Bugun poytaxtimizda mazkur loyihaning yakuniy seminari bo‘lib o‘tdi. Tadbir loyiha doirasida erishilgan natijalarni sarhisob qilish, amaliy tajribalar va olingan saboqlarni muhokama etish, shuningdek O‘zbekistonda maktablarda ovqatlanish tizimini barqaror rivojlantirish va kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlandi.

Tadbirda tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat organlari, rivojlanish bo‘yicha hamkorlar, ekspertlar, sinov-tajriba maktablari, ota-onalar va o‘quvchilar vakillari ishtirok etdi. Ishtirokchilar loyiha doirasida erishilgan natijalarni ko‘rib chiqib, olingan tajribalar bilan o‘rtoqlashdilar hamda maktablarda ovqatlanish tizimini milliy miqyosda barqaror rivojlantirish va kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Loyiha ishga tushirilganidan buyon FAO ko‘magida O‘zbekiston maktablarida ovqatlanish muhiti mustahkamlandi. Xususan, oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish bo‘yicha amaliyotlar takomillashtirildi, o‘quvchilar, o‘qituvchilar va maktab oshxonalari xodimlari uchun o‘quv va metodik materiallar ishlab chiqildi, axborot-targ‘ibot tadbirlari sinovdan o‘tkazildi hamda maktablarda sog‘lom ovqatlanish masalalari bo‘yicha milliy muloqot qo‘llab-quvvatlandi. Loyiha milliy idoralar va sinov-tajriba maktablari bilan yaqin hamkorlikda amaliy yechimlarni sinovdan o‘tkazish hamda institutsional salohiyatni oshirishga qaratildi.

Seminar ochilishida FAO va hamkor vazirliklar vakillari xavfsiz, to‘yimli va barqaror maktab ovqatlanish tizimini ta’minlashda tarmoqlararo hamkorlik muhimligini ta’kidladilar. Shuningdek, loyiha ta’lim, sog‘liqni saqlash va oziq-ovqat tizimlari sohalaridagi milliy islohotlarga qo‘shgan hissasi qayd etildi hamda bolalar rivoji va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda maktablarda ovqatlanish tizimining muhim o‘rni yana bir bor tasdiqlandi.

“Mazkur loyiha doirasida maktablarda ovqatlanish tizimini takomillashtirish bo‘yicha amaliy yondashuvlar sinovdan o‘tkazildi. Olingan tajriba maktablarda sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni rivojlantirishga qaratilgan keyingi qadamlar uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi,” — dedi FAO ning O‘zbekistondagi vakili o‘rinbosari Sherzod Umarov.

Tadbir dasturida loyiha doirasida ishlab chiqilgan o‘quv materiallari, shuningdek tayyorlangan video va boshqa kommunikatsiya mahsulotlarining dastlabki namoyishi o‘rin oldi.

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Пожалуйста, введите ваш комментарий!
пожалуйста, введите ваше имя здесь

Последние новости

Ўзбекистон–Япония: эришилган ютуқлар ва ҳамкорликнинг муҳим йўналишлари

Ўзбекистон ва Япония ўртасидаги ҳамкорлик алоқалари дипломатик муносабатлар ўрнатилганидан буён иқтисодий, сиёсий, илмий-маърифий ҳамда гуманитар соҳаларда изчил ривожланиб келмоқда. Япония...

Больше похожих статей

×