Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi. Видео

Топ статей за 7 дней

Подпишитесь на нас

51,905участниковМне нравится
22,962участниковЧитать
8,660участниковПодписаться
- Advertisement -

 “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan katta miqdordagi narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Xususan, “Buxoro – Qorako‘l” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Jentra” rusumli avtotransport vositasi Jondor tumani hududida to‘xtatilib, tekshirildi.

Natijada, Qorako‘l tumanida yashovchi, 1969 y.t. shaxs va 1973 y.t. xorijiy davlat fuqarosi ketayotgan avtomashina salonida sof vazni 4 kg 715 g bo‘lgan “opiy” moddasi borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, ular ushbu ajal og‘usini muqaddam narkokur’yerlar tomonidan Afg‘onistondan kontrabanda qilinib, Buxoro shahri hududiga yashirib ketilgan xufiya joydan olishgan.

Hozirda mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish…) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Qonunchilikka muvofiq, bunday jinoyatlar sodir etgan shaxslar 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishlari mumkin.

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Пожалуйста, введите ваш комментарий!
пожалуйста, введите ваше имя здесь

Последние новости

Nukus shahrida Silk Road Uzbekistan xalqaro ommaviy yugurish musobaqalari turkumiga start berildi

29-mart kuni Nukus shahrida Silk Road xalqaro ommaviy yugurish musobaqalari turkumining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu tadbir ommaviy va...

Больше похожих статей