5.2 C
Узбекистан
Вторник, 16 декабря, 2025

Bayram kunlari mamlakatimiz boʻylab “Dolzarb 20 kunlik” tozalik tadbirlari o‘tkaziladi

Топ статей за 7 дней

Подпишитесь на нас

51,905участниковМне нравится
22,962участниковЧитать
8,080участниковПодписаться
- Advertisement -

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari boʻyicha maslahatchisi — Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov tomonidan 2025-yil 20-dekabrdan 2026-yilning 10-yanvariga qadar butun respublika bo‘ylab “Dolzarb 20 kunlik” tozalik tadbirlari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligida respublika ishchi shtabi tashkil etilib, tadbir davomida sanitar tozalash korxonalari tomonidan barcha hududlar qattiq maishiy chiqindilardan tozalanadi.

Shuningdek, mahalla hududlarini ozoda saqlash, bayram kunlarida chiqindi to‘planib qolishining oldini olish, chiqindilarni reja grafikdan tashqari navbatchilik asosida o‘z vaqtida olib ketishga qatʼiy rioya qilish bo‘yicha zaruriy choralar ko‘riladi.

“Dolzarb 20 kunlik” tozalik tadbirlaridan maqsad aholi orasida Yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, atrof-muhitni ozoda saqlash va bu orqali ekologik vaziyatning yanada yaxshilanishiga hissa qo‘shishdir.

Shu o‘rinda, jismoniy va yuridik shaxslardan chiqindilar bilan bog‘liq ishlarda atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni, jumladan, belgilanmagan joylarga chiqindi tashlamaslikni so‘raymiz. Unutmang, har qanday ekologik huquqbuzarlik qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Shu o‘rinda, Sizda chiqindilarni boshqarish sohasi va xizmat sifatiga doir taklif va shikoyatlar yuzaga kelganda: Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining “1205” qisqa raqamiga 24/7 ish rejimda murojaat qilishingiz mumkin.

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Пожалуйста, введите ваш комментарий!
пожалуйста, введите ваше имя здесь

Последние новости

Тошкентда дарахтлар реестри сунъий интеллект ёрдамида амалга оширилмоқда

Тошкент шаҳрида яшил ҳудудларни ҳисобга олиш ва мониторинг қилиш соҳасига замонавий рақамли ечимларни жорий этиш ишлари изчил давом этмоқда...

Больше похожих статей

×