14.4 C
Узбекистан
Пятница, 14 ноября, 2025

Chery gibridi 1100+ km masofani qayta quvvatlashsiz bosib o‘tdi

Топ статей за 7 дней

Подпишитесь на нас

51,905участниковМне нравится
22,962участниковЧитать
7,900участниковПодписаться
- Advertisement -

Kop hollarda gibrid avtomobillarning elon qilingan yol bosish zaxira masofasi amaldagi raqamlarga mos kelmaydichunki laboratoriya sinovlari amaldagi yollar va iqlimdan uzoq bolgan har jihatdan mukammal sharoitlarda otkaziladi. Shu sababli Chery Uzbekistan jamoasi Arrizo 8 Hybridni tabiiy foydalanish muhitida sinovdan otkazishga qaror qildi.

Katta test-drayv davomida avtomobil Toshkentdan Urganchgacha bo‘lgan butun yo‘lni qayta quvvatlanmasdan va to‘la bir bak yonilg‘ida bosib o‘tdi. Yo‘l Jizzax, Samarqand va Buxoro shaharlari, jumladan, shahar tirbandliklari, kunning qorong‘i vaqtida harakatlanish va turli xil yo‘l qoplamalari orqali o‘tgan.

Safar davomida avtomobillarning barcha tizimlari — iqlim nazorati, multimedia, chiroqlar va o‘rindiqlarni ventilyatsiya qilish tizimi ishga tushirildi. Bu laboratoriya sinovlari emas, balki gibridning imkoniyatlarini kundalik sayohatlarga imkon qadar yaqin rejimlarda sinab ko‘rish edi. Bunda batareya O‘zbekiston iqlimi uchun ayniqsa muhim bo‘lgan yuqori harorat va uzoq muddatli yuklamalarda ham barqaror ishlashini ta’minladi.

«Biz odatdagi rejimda, ya’ni hayotdagidek harakatlandik: yo‘lda shaharlarda to‘xtadik, tirbandliklarda turdik, avtomobilning barcha funksiyalaridan foydalandik. Shunday bo‘lsa-da, 1100 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tdik», — deydi Uzcars jurnalistlar jamoasidan bo‘lgan test-drayv ishtirokchilari.

Dastlabki yo‘nalish bo‘yicha bloger va jurnalistlar Urganchda marraga yetib borishni rejalashtirgan edi. Ammo qurilmalar panelida qolgan yo‘l bosish zaxirasi masofasini ko‘rib, sayohatni Xivagacha uzaytirishga va Urganchga qaytib, yangi Chery dilerlik markazini ochishga qaror qildik. Shundan keyin ham yonilg‘i bakida yetarli miqdorda yoqilg‘i qolgan edi — ishtirokchilarning so‘zlariga ko‘ra, «ehtimol, Nukusgacha ham yetardi».

Avtomobil a’lo darajadagi boshqaruvchanlik va ravon harakatlanishni namoyish etdi. O‘rtacha bikrlikdagi podveska yo‘llarimiz uchun ayni muddao bo‘ldi. Qo‘shimchasiga — tezkor gaz tepkisi va simsiz CarPlay kabi qulay funksiyalar», — dedi avtobloger Kamran Ahmedov (NetralkaTV).

347 kuchli gibrid tizim ishonchli tezlanishni ta’minlaydi, tormozlashning rekuperatisyasi esa energiyani tejashga yordam beradi. Batareya quvvati 20 foizdan kamayganda, benzinli dvigatel dinamik yo‘qotishlarsiz va ens past shovqin darajasida ravon tarzda ishga tushadi.

Chery Uzbekistan produkt-menejeri quyidagilarni qayd etdi:

«Atmosferali dvigatellarga ega gibridlarning aksariyatida batareya quvvatlanishi tugaganidan keyin quvvat yo‘qolishi seziladi. Chery bilan bog‘liq holatda esa barchasi boshqacha — 1.5L Turbo PHEV turbo motor tufayli avtomobil past quvvatlanishda ham bir xil dinamikani saqlab qoladi. Bunda, bitta bakda yo‘l bosish zahira masofasi 1400 km gacha yetadi, 80 foizgacha quvvatlash esa atigi 19 daqiqa davom etadi. O‘rtacha yonilg‘i sarfi 100 km uchun taxminan 3,9 litrni tashkil qiladi».

Arrizo 8 Hybrid ichida maksimal darajadagi texnologik imkoniyatlar mavjud: simsiz CarPlay, 12 dona dinamiklarga ega audio tizim, kalitsiz kirish tizimi va ADAS intellektual yordamchilari. Bularning barchasi safarni nafaqat tejamkor, balki qulay qiladi.

Chery Arrizo 8 Hybrid — O‘zbekistonda taqdim etilgan Chery’ning birinchi gibrid modelidir. Uning mahalliy moslashish jarayoni deyarli bir yil davom etdi. Chery muhandislari avtomobil mamlakatning iqlim va yo‘l sharoitlariga to‘liq tayyor bo‘lishi uchun kuch qurilmasi, podveska, elektronika va batareyani sovutish tizimlari sozlamalarini puxta ishlab chiqdilar.

Xalqaro bozorda Arrizo 8 Hybrid brendning flagman modeli hisoblanadi va Chery kompaniyasining gibrid texnologiyalar sohasidagi ko‘p yillik tadqiqotlari va ishlanmalari natijasidir.

Test-drayv Chery Arrizo 8 Hybrid O‘zbekiston iqlimi va yo‘llariga to‘liq moslashganini tasdiqladi. U yuqori tezlikdagi yo‘l trassalarda ham, shahar sharoitida ham o‘zini ishonchli tutadi, energiya samaradorligi, quvvat va biznes-klass qulayligini birlashtiradi.

Test-drayvni o‘z ko‘zi bilan ko‘rmoqchi bo‘lganlar uchun ishtirokchilarning sharhlari mavjud:

O‘zbek tilidagi tuninghouse sharhi — https://youtu.be/8xakhAxN5n8?si=CibPYMI2sgdEfpOz

Rus tilidagi NetralkaTV sharhi — https://youtu.be/uW3VJK-5nRo?si=1LuLVWxxGogZSR0C

O‘zbek tilidagi Uzcars sharhi — https://youtu.be/3KW1UeEFbjo?si=iBzhj76q3bB6WR4o

Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekistondagi Chery avtomobillarining xususiyatlari va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.

Chery Uzbekistan rasmiy sahifalari:

Doimiy aloqa telefoni: +998 71 276 55 55

Website: https://cheryauto.uz

Instagram: https://www.instagram.com/cheryuzbekistan/

Telegram: https://t.me/cheryuzbekistan

Telegram-bot: https://t.me/cheryuzbekistanbot

Facebook: https://www.facebook.com/CheryUzbekistan

YouTube: https://www.youtube.com/@cheryuzbekistan

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Пожалуйста, введите ваш комментарий!
пожалуйста, введите ваше имя здесь

Последние новости

O‘zbekiston Minamata Konvensiyasiga qo‘shilish yo‘lida muhim qadam tashlamoqda

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)  hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi...

Больше похожих статей

×