- Advertisement -
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi hozirda Nigeriyaning Lagos shahrida o‘tayotgan Devis kubogida ishtirok etmoqda.
Jahon guruhi II pley-off bosqichi doirasidagi birinchi o‘yin kunida Humoyun Sultonov raqibi Kanis Abua ustidan 6-3, 6-4 hisobida yorqin g‘alabaga erishdi.
Devis kubogi — erkaklar tennisi bo‘yicha eng yirik xalqaro jamoaviy musobaqa hisoblanadi. U 1900-yildan buyon har yili o‘tkazib kelinadi, 1979-yildan esa Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) homiyligida tashkil etiladi.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati

