«Taymetov. G’alaba parvozi» «SIFFA UK» festivalida eng yaxshi hujjatli film deb topildi

Топ статей за 7 дней

Подпишитесь на нас

51,905участниковМне нравится
22,962участниковЧитать
8,590участниковПодписаться
- Advertisement -

Rejissyor Eldor Yo’ldoshev tomonidan va «Uzbekistan Airports» tashabbusi bilan suratga olingan «Taymetov: G’alaba parvozi» filmi Londondagi Independent «International Film Festival & Awards SIFFA UK» festivalida «Eng yaxshi hujjatli film» nominatsiyasida g’olib bo’ldi.

Mukofotlarni topshirish marosimi Londonning afsonaviy Piccadilly Vue Cinema kinoteatrida bo’lib o’tdi. Mukofotni O’zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi kotibi Jasur Valiyev sahnada qabul qilib oldi.

«SIFFA UK» festivali «BAFTA Film Awards» va «British Independent Film Awards»ning rasmiy hamkori hisoblanadi. Yillar davomida festivalda Andjey Vayda, Nik Nolte, Kim Ki Duk va boshqalar kabi jahon kinosi ustalari ishtirok etishgan.

Filmning g’alabasi noyob imkoniyatlarni ochadi: u «BAFTA» nomitatsiyalarining birida ko’rib chiqish uchun festival hamkorlariga tavsiya qilinishi mumkin. Agar film nomzod sifatida tasdiqlansa, «Taymetov. G’alaba parvozi» «BAFTA» festivalida nomzod sifatida ishtirok etgan birinchi O’zbekiston filmi bo’lish imkoniyatiga ega.

«BAFTA» — Britaniya kino va televideniye san’ati akademiyasi tomonidan taqdim etiladigan nufuzli mukofotdir. Taqdirlash marosimi an’anaviy ravishda «Oltin globus» va «Oskar» mukofotlari orasida bo’lib o’tadi va ko’pincha «Oskar» mukofotining so’nggi repetisiyasi hisoblanadi.

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Пожалуйста, введите ваш комментарий!
пожалуйста, введите ваше имя здесь

Последние новости

Эронда янги олий раҳбар сайлангани расман эълон қилинди

Эроннинг раҳбарлик кенгаши (Экспертлар кенгаши) ўлдирилган аятолло Али Хаменейнинг ўғли Можтабо Хаменейни мамлакатнинг янги олий раҳбари деб эълон қилди....

Больше похожих статей