4.7 C
Узбекистан
Среда, 3 декабря, 2025

Andijonda «Silk Road» ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Топ статей за 7 дней

Подпишитесь на нас

51,905участниковМне нравится
22,962участниковЧитать
7,990участниковПодписаться
- Advertisement -

30-noyabr kuni Andijonda «Silk Road» xalqaro ommaviy yugurish musobaqasining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Markaziy Osiyo yugurish va yurish akademiyasi tomonidan Andijon viloyati hokimligi ko‘magida tashkil etildi.

“Andijan Silk Road” sport mavsumining e’tiborga sazovor tadbirlaridan biriga aylanib, qariyb 4000 nafar ishtirokchini jamladi. Ommaviy yugurish musobaqasida viloyat aholisi, poytaxt va mahalliy yugurish klublari a’zolari, professional sportchilar, talabalar, maktab o‘quvchilari hamda Buyuk Britaniya, Qozog‘iston, Kanada, Qirg‘iziston, Hindiston, Ispaniya, Tojikiston, Filippinlar, Shveytsariya, Janubiy Afrika va Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan xorijiy mehmonlar qatnashdi.

Ishtirokchilarga 5, 10 va 21 km masofalar, Nordic Walking, shuningdek, “Kids Run” bolalar ommaviy yugurish musobaqalari taqdim etildi. So‘nggisi oilalarning ishtiroki va faol turmush tarzi madaniyatini targ‘ib qilish ramziga aylandi.

Yugurish yo‘nalishlari Andijonning markaziy ko‘chalari bo‘ylab o‘tkazildi. 5 va 10 km masofaga yugurish musobaqalari Alisher Navoiy nomidagi istirohat va ko‘ngil ochar bog‘i hududidan boshlanib, 21 km masofa ishtirokchilari esa shaharning asosiy jamoat maskanlaridan biri bo‘lmish «Vatanparvar» bog‘idan start olishdi.

“Andijan Silk Road” mukofot jamg‘armasi 165 million so‘mni tashkil etdi. Tashkilotchilar tashabbusi bilan 50-59, 60-69, 70-79 va 80+ yoshdagi qo‘shimcha toifalar joriy etildi. Bu oilalarning ishtirokini kengaytirish va do‘stona musobaqa muhitini yaratish imkonini berdi. Marraga yetib kelgan barcha ishtirokchilar xalqaro yugurish musobaqasida qatnashganliklarining ramzi sifatida esdalik medallari bilan taqdirlandi.

“Andijon uchun marafon masofalari formati yangi tajriba bo‘ldi,» — dedi Markaziy Osiyo yugurish va yurish akademiyasi direktori Shuhrat Usmonov. «Farg‘ona vodiysida “Save Aral”, “Yangi Nafas”, “Talaba Yugur” loyihalarining qisqa masofaga yugurish musobaqalari yaxshi tanilgan. Bu safar esa biz xavfsizlik choralarini ishlab chiqishimiz, munosib yo‘nalishlarni tanlashimiz va tadbirning yuqori darajada o‘tishini ta’minlash uchun ko‘ngillilarni tayyorlashimiz kerak edi.”

21 km masofada Hasan Mirsoatov va Yekaterina Tunguskova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 10 km masofada Yevgeniy Fadeev va Anastasiya Silchenkova, 5 km masofada esa Eldor Botirov va Nasimaxon Mamirova birinchilikni egalladi.

“Silk Road” loyihasi ommaviy sportni rivojlantirish, yugurish sportini ommalashtirish hamda mintaqalararo va xalqaro do‘stlikni mustahkamlashga qaratilgan. Andijon bosqichi viloyat aholisining sport tashabbuslariga qiziqishi tobora ortib borayotganini namoyon etdi.

Navbatdagi “Silk Road” ommaviy yugurish musobaqalari 26-aprel kuni Buxoroda va 10-may kuni Shahrisabzda bo‘lib o‘tadi.

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Пожалуйста, введите ваш комментарий!
пожалуйста, введите ваше имя здесь

Последние новости

Жамоатчилик аҳоли пунктларидаги ерларни олиб қўйишга тақиқ қўйиш ташаббуси билан чиқиши мумкин

Ўзбекистонда экологик мувозанатни сақлаш, аҳоли яшаш ҳудудларидаги яшил майдонларни асраш ва табиий ресурслардан оқилона фойдаланишни таъминлашга қаратилган мақсадда, яқинда...

Больше похожих статей

×