17.7 C
Узбекистан
Среда, 26 ноября, 2025

O‘zbekiston ekologik o‘zgarishlar atlasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Топ статей за 7 дней

Подпишитесь на нас

51,905участниковМне нравится
22,962участниковЧитать
7,950участниковПодписаться
- Advertisement -

Yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo to‘g‘risidagi konvensiyaning (CITES CoP20) 20-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi ekologik o‘zgarishlar Atlasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, ilmiy institutlar va ekspertlar hamjamiyati vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi vakillari, BMT Atrof-muhit dasturi (UNEP) Ekotizimlar departamenti direktori Syuzan Gardner, Moskva davlat universiteti va Rossiya Fanlar akademiyasi Geografiya instituti yetakchi mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi ekologik o‘zgarishlar Atlasining milliy miqyosda ishga tushirilishiga bag‘ishlandi. Mazkur atlas Rossiya Federatsiyasi tomonidan moliyalashtirilayotgan UNEPning mintaqaviy loyihasining asosiy natijasidir. Loyiha Markaziy Osiyo davlatlarining atrof-muhit holatini monitoring qilish hamda quruqlik va suv ekotizimlaridagi o‘zgarishlarni modellashtirish uchun zamonaviy GIS texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov ekologik o‘zgarishlar Atlasining ishga tushirilishi ekologik ma’lumotlarning shaffofligini oshirish va milliy monitoring tizimini mustahkamlash yo‘lida muhim qadam ekanligini ta’kidladi.

“Eko-Atlas yer va suv resurslari, bioxilma-xillik, iqlim o‘zgarishi va atrof-muhitning boshqa asosiy komponentlari haqida to‘liq, ilmiy asoslangan ma’lumotlarni birlashtiradi. U uzoq muddatli tendensiyalar, o‘zgarishlar omillari va muammoli hududlar haqida aniq tasavvur beradi. Bu esa siyosat ishlab chiqish va milliy strategiyalarni rejalashtirish uchun nihoyatda muhim”, — dedi J. Kazbekov.

Sessiya davomida ishtirokchilarga loyiha natijalari, uning amalga oshirilish bosqichlari hamda O‘zbekiston yetakchi mutaxassislari, Rossiya Fanlar akademiyasi Geografiya instituti va Moskva davlat universiteti tomonidan to‘plangan ilmiy materiallar taqdim etildi. Atlasning qarorlar qabul qilish, barqaror tabiatni muhofaza qilish yechimlarini ishlab chiqish, ekologik monitoring va tabiiy resurslarni baholashdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi va Atlas ma’lumotlaridan davlat idoralari hamda ilmiy muassasalar amaliy faoliyatida foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Пожалуйста, введите ваш комментарий!
пожалуйста, введите ваше имя здесь

Последние новости

Markaziy Osiyoda suv va yer resurslarini barqaror boshqarish bo‘yicha yangi GEF tashabbuslari COP-20 doirasida ishga tushirildi

Samarqand, 25 Noyabr 2025 yil. Markaziy Osiyoda suv va yer resurslariga ortib borayotgan bosim, iqlim o‘zgarishi ta’sirining kuchayishi, yerlarning...

Больше похожих статей

×