{"id":1245604,"date":"2025-11-13T18:24:45","date_gmt":"2025-11-13T13:24:45","guid":{"rendered":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/?p=1245604"},"modified":"2025-11-14T12:55:22","modified_gmt":"2025-11-14T07:55:22","slug":"ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/2025\/11\/13\/ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir\/","title":{"rendered":"Ilhom Aliyev: O\u2018zbekiston va Ozarbayjon qardosh mamlakatlar, ishonchli ittifoqchilardir"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>Toshkent<\/strong><strong> <\/strong><strong>shahrida<\/strong><strong> <\/strong><strong>bo<\/strong><strong>\u02bb<\/strong><strong>lajak<\/strong><strong> <\/strong><strong>Markaziy<\/strong><strong> <\/strong><strong>Osiyo<\/strong><strong> <\/strong><strong>davlatlari<\/strong><strong> <\/strong><strong>rahbarlarining<\/strong><strong> <\/strong><strong>yettinchi<\/strong><strong> <\/strong><strong>Maslahat<\/strong><strong> <\/strong><strong>uchrashuvi<\/strong><strong> <\/strong><strong>oldidan<\/strong><strong> <\/strong><strong>Ozarbayjon<\/strong><strong> <\/strong><strong>Respublikasi<\/strong><strong> <\/strong><strong>Prezidenti<\/strong><strong> <\/strong><strong>Ilhom<\/strong><strong> <\/strong><strong>Aliyev<\/strong><strong> <\/strong><strong>bilan<\/strong><strong> <\/strong><strong>intervyu<\/strong><strong> <\/strong><strong>tashkil<\/strong><strong> <\/strong><strong>qilindi<\/strong><strong>.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>\u2013 Hurmatli janob Prezident, yaqin kunlarda Toshkent shahrida bo\u2018lib o\u2018tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvida ishtirok etishingiz kutilyapti. Ushbu format haqida qanday fikrdasiz? Ozarbayjonning mintaqa davlatlari bilan aloqalari qay tusda rivojlanmoqda va hamkorlikning bugungi darajasi Sizni qoniqtiradimi?<\/p>\n\n\n\n<p>\u2013 Avvalo, ta\u2019kidlamoqchimanki, bu Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvida faxriy mehmon sifatida uchinchi bor ishtirok etishim. Men qatnashgan birinchi shunday tadbir 2023 yil Dushanbeda, ikkinchisi 2024 yil Ostonada bo\u2018lib o\u2018tgan. Navbatdagi muloqotga Toshkent mezbonlik qiladi. Barcha hamkasblarim, ayniqsa O\u2018zbekiston Prezidenti, birodarim Shavkat Mirziyoyevga taklif hamda Ozarbayjonning ushbu muhim tadbirda ishtirokini qo\u2018llab-quvvatlagani uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-full\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"682\" data-src=\"https:\/\/nuz.uz\/uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/pwqwkakm0w6cbulilvxoinvfiomjzgwz_front.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-1245608 lazyload\" data-srcset=\"https:\/\/nuz.uz\/uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/pwqwkakm0w6cbulilvxoinvfiomjzgwz_front.jpg 1024w, https:\/\/nuz.uz\/uz\/wp-content\/smush-webp\/2025\/11\/pwqwkakm0w6cbulilvxoinvfiomjzgwz_front-300x200.jpg.webp 300w, https:\/\/nuz.uz\/uz\/wp-content\/smush-webp\/2025\/11\/pwqwkakm0w6cbulilvxoinvfiomjzgwz_front-768x512.jpg.webp 768w, https:\/\/nuz.uz\/uz\/wp-content\/smush-webp\/2025\/11\/pwqwkakm0w6cbulilvxoinvfiomjzgwz_front-631x420.jpg.webp 631w, https:\/\/nuz.uz\/uz\/wp-content\/smush-webp\/2025\/11\/pwqwkakm0w6cbulilvxoinvfiomjzgwz_front-696x464.jpg.webp 696w\" data-sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" src=\"data:image\/gif;base64,R0lGODlhAQABAAAAACH5BAEKAAEALAAAAAABAAEAAAICTAEAOw==\" style=\"--smush-placeholder-width: 1024px; --smush-placeholder-aspect-ratio: 1024\/682;\" \/><noscript><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"682\" src=\"https:\/\/nuz.uz\/uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/pwqwkakm0w6cbulilvxoinvfiomjzgwz_front.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-1245608\" srcset=\"https:\/\/nuz.uz\/uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/pwqwkakm0w6cbulilvxoinvfiomjzgwz_front.jpg 1024w, https:\/\/nuz.uz\/uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/pwqwkakm0w6cbulilvxoinvfiomjzgwz_front-300x200.jpg 300w, https:\/\/nuz.uz\/uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/pwqwkakm0w6cbulilvxoinvfiomjzgwz_front-768x512.jpg 768w, https:\/\/nuz.uz\/uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/pwqwkakm0w6cbulilvxoinvfiomjzgwz_front-631x420.jpg 631w, https:\/\/nuz.uz\/uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/pwqwkakm0w6cbulilvxoinvfiomjzgwz_front-696x464.jpg 696w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/noscript><\/figure>\n\n\n\n<p>Ozarbayjon va Markaziy Osiyo mamlakatlari strategik ahamiyati tobora ortib borayotgan umumiy tarixiy-madaniy, geografik va geosiyosiy makonni barpo etmoqda. Bir qarashda Ozarbayjonni Markaziy Osiyo davlatlaridan ajratib turgan Kaspiy dengizi, aslida, davlatlarimizni jipslashtiruvchi muhim omil hisoblanadi. Bugun ushbu dengiz shunchaki geografik tushuncha emas, balki, strategik birlik, iqtisodiy salohiyat va xalqlarimizning tarixiy hamkorligi ramzidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Mamlakatlarimizni nafaqat geografik yaqinlik, balki tarixiy-madaniy aloqalar, mushtarak diniy va ma\u2019naviy qadriyatlar, urf-odatlar birlashtirib turadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ozarbayjon mintaqadagi barcha mamlakatlar bilan hamkorlikni eng yuqori darajada har tomonlama rivojlantirishga alohida e\u2019tibor qaratadi. Ikki tomonlama asosda o\u2018rnatilgan mazkur strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari, shuningdek faol siyosiy muloqotimiz, o\u2018zaro tashriflarimiz ushbu jarayon muvaffaqiyatli kechishida hal qiluvchi ahamiyatga ega, deb hisoblayman.<\/p>\n\n\n\n<p>So\u2018nggi bir necha yil ichida davlat rahbarlarining o\u2018zaro tashriflari va muloqotlari dinamikasi munosabatlarimiz yuqori darajada ekanini yaqqol namoyon etmoqda. Xususan, oxirgi 3 yil ichida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Ozarbayjonga 30 ga yaqin tashrifni amalga oshirdi, men esa xuddi shu davrda qardosh mamlakatlarga 13 marta bordim.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018rta yo\u2018lakning ahamiyati ortib borayotgani sheriklik ko\u2018lamini kengaytirish uchun qo\u2018shimcha imkoniyatlar yaratmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Ishonchim komilki, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 7-Maslahat uchrashuvi qardosh xalqlarimiz o\u2018rtasidagi azaliy do\u2018stlik rishtalarini mustahkamlash, siyosiy, iqtisodiy, transport, investitsiya, energetika, madaniy-gumanitar va raqamli transformatsiya sohalaridagi ko\u2018p qirrali hamkorlikni kengaytirishda muhim bosqich bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p><em>\u2013 Muhtaram Prezident, Ozarbayjon va Markaziy Osiyo mamlakatlari o\u2018rtasidagi o\u2018zaro tashriflar jadallashgani, faol siyosiy muloqot yo\u2018lga qo\u2018yilib, o\u2018zaro anglashuv yuksak darajaga ko\u2018tarilganini ta\u2019kidladingiz. <\/em><em>So\u2018nggi bir yarim yil ichida O\u2018zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga 5 marta tashrif buyurdi. Qolaversa, yil davomida turli xalqaro maydonlarda ham bir necha bor uchrashdingizlar. Ozarbayjon va O\u2018zbekiston o\u2018rtasida diplomatik munosabat o\u2018rnatilganining 30 yilligi nishonlanayotgan joriy yildagi ikki tomonlama aloqalar holatini qanday baholaysiz?<\/em><\/p>\n\n\n\n<p>\u2013 O\u2018zbekiston \u2013 Ozarbayjon uchun qardosh mamlakat, ishonchli ittifoqchi.&nbsp;Bizni mushtarak ildizlar, ma\u2019naviy qadriyatlar, til, etnik yaqinlik, boy tarixiy va madaniy meros birlashtirib turadi. Asrlar davomida qardosh xalqlarimiz o\u2018zaro iliq munosabatda bo\u2018lib,&nbsp;bir-birini chuqur hurmat qilgan.&nbsp;Bugun&nbsp;davlatlararo munosabatlarimiz ana shu mustahkam poydevor asosida muvaffaqiyatli rivojlanib borayotgani quvonarli, albatta.<\/p>\n\n\n\n<p>Hozirga kelib, Ozarbayjon va O\u2018zbekiston o\u2018rtasidagi munosabatlar eng yuqori \u2013 ittifoqchilik darajasiga ko\u2018tarilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bilan o\u2018rtamizda shakllangan ishonchli va do\u2018stona shaxsiy munosabatlar ham ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. O\u2018zbekiston yetakchisining davlatlararo munosabatlarimiz rivojiga qo\u2018shayotgan shaxsiy hissasi, keng ko\u2018lamli hamkorlikni izchil mustahkamlash masalalariga qaratayotgan doimiy e\u2019tiborini alohida ta\u2019kidlamoqchiman.<\/p>\n\n\n\n<p>Qardosh O\u2018zbekiston rahbari, atoqli davlat arbobi, Ozarbayjonning yaqin do\u2018sti Prezident Shavkat Mirziyoyevni yurtimizda qabul qilish biz uchun doim katta sharaf va mamnuniyat bag\u2018ishlaydi. Qayd etganingizdek, o\u2018tgan bir yarim yil davomida bunday tashriflar besh marta yuz berdi. Bularning bari munosabatlarimizning yuqori sur\u2019atidan dalolat.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018tgan yil avgust oyida men davlat tashrifi bilan O\u2018zbekistonda, shu yil iyul oyida esa O\u2018zbekiston Prezidenti Ozarbayjonda bo\u2018ldi. Ushbu tarixiy tashriflar doirasida o\u2018nlab, jumladan Strategik sheriklikni yanada mustahkamlash to\u2018g\u2018risidagi deklaratsiya, Ittifoqchilik munosabatlari to\u2018g\u2018risidagi shartnoma, Ozarbayjon Respublikasi va O\u2018zbekiston Respublikasi o\u2018rtasida 2025-2029 yillarga mo\u2018ljallangan Ittifoqchilik munosabatlari to\u2018g\u2018risidagi shartnomani amalga oshirish bo\u2018yicha \u201cYo\u2018l xarita\u201dsi va boshqa muhim hujjatlar imzolandi. O\u2018tgan qisqa davr mobaynida ulkan ishlar bajarildi. O\u2018zaro tashriflarning hammasi Ozarbayjon \u2013 O\u2018zbekiston munosabatlarini barcha sohalarda mustahkamlash, shuningdek Markaziy Osiyo va Kaspiy mintaqasini o\u2018z ichiga olgan yagona geografik makonda sheriklikning yangi imkoniyatlarini ro\u2018yobga chiqarishga kuchli turtki berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Munosabatlarimizni rivojlantirish strategiyasini belgilashda 2023 yil avgust oyida ta\u2019sis etilgan Oliy davlatlararo kengash ham alohida o\u2018rin tutadi. O\u2018zaro davlat tashriflari doirasida \u2013 2024 yil 22 avgust kuni Toshkentda va 2025 yil 2 iyulda Bokuda ushbu tuzilma yig\u2018ilishlari bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbekiston Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini doimo qo\u2018llab-quvvatlab kelgan. Fursatdan foydalanib, qardosh O\u2018zbekistonga Qorabog\u2018ni tiklash, xususan Fuzuliyda hozir 600 nafarga yaqin o\u2018quvchi tahsil olayotgan buyuk o\u2018zbek olimi Mirzo Ulug\u2018bek nomidagi maktab qurilishiga qo\u2018shgan hissasi uchun minnatdorlik bildiraman. O\u2018zbekiston Qorabog\u2018 mintaqasini tiklashda yordam ko\u2018rsatish tashabbusi bilan chiqqan dunyodagi birinchi davlat bo\u2018ldi. Biz buni mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o\u2018rtasidagi hamjihatlik, do\u2018stlik, birodarlik ifodasi sifatida doimo yodda saqlaymiz.<\/p>\n\n\n\n<p>Qardosh mamlakatga bo\u2018lajak tashrifni intizorlik bilan kutyapman. Har safar O\u2018zbekistonning jadal rivojlanishini, mamlakat xalqi erishayotgan ulkan yutuqlarni behad mamnunlik bilan kuzataman. Keng ko\u2018lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, jamiyat hayotining barcha sohalari izchil modernizatsiya qilinayotgani mamlakatning xalqaro maydondagi obro\u2018-e\u2019tibori va mavqeini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Bu yutuqlar do\u2018stim va birodarim Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan, aniq maqsadga yo\u2018naltirilgan va puxta o\u2018ylangan davlat siyosati samarasidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi hamkorlik nafaqat ikki tomonlama formatda, balki xalqaro maydonda ham muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Ozarbayjon va O\u2018zbekiston Turkiy davlatlar tashkilotining faol a\u2019zolari hisoblanib, turkiy birlikni mustahkamlashga salmoqli hissa qo\u2018shmoqda. Bundan tashqari, munosabatlarimiz BMT, Qo\u2018shilmaslik harakati, Islom hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, OHICHK va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida ham samarali tus olgan.<\/p>\n\n\n\n<p><em>\u2013 Ozarbayjon va O\u2018zbekiston o\u2018rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi darajasini qanday baholaysiz?<\/em><\/p>\n\n\n\n<p>\u2013 Savdo-iqtisodiy hamkorlikning hozirgi dinamikasidan to\u2018liq qoniqish mumkin. Har ikki tomon o\u2018zaro aloqalarni kengaytirish uchun katta ishlar qilmoqda, yangi loyihalarni ilgari surib, qo\u2018shma tashabbuslar ilgari surishga alohida e\u2019tibor qaratmoqda. Bugungi kunda Ozarbayjonda O\u2018zbekiston investitsiyasi ishtirokidagi 120 ga yaqin tijorat tashkiloti ro\u2018yxatdan o\u2018tgan holda, iqtisodiyotning turli tarmoqlari, jumladan sanoat, qishloq xo\u2018jaligi, qurilish, transport va xizmat ko\u2018rsatish sohalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Ozarbayjon va O\u2018zbekiston o\u2018rtasidagi savdo jadal sur\u2019at bilan rivojlanmoqda. Xususan, 2024 yil o\u2018zaro tovar ayirboshlash hajmi 252 million dollarni tashkil etdi, 2025 yil yanvar-sentyabr oylarida ushbu ko\u2018rsatkich o\u2018tgan yilning shu davriga nisbatan 87,5 foiz o\u2018sib, 319 million dollarga yetdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sarmoyaviy hamkorlik mustahkamlanmoqda. 2023 yil umumiy kapitali 500 million dollarlik, ham mamlakatlarimiz hududida, ham uchinchi davlatlarda loyihalar amalga oshirishni ko\u2018zda tutgan Ozarbayjon \u2013 O\u2018zbekiston qo\u2018shma investitsiya kompaniyasi tashkil etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yengil sanoatni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratayotgan, an\u2019anaviy do\u2018stlik va qardoshlik rishtasini mustahkamlashga hissa qo\u2018shayotgan Xonkendidagi qo\u2018shma korxona \u2013 tikuvchilik fabrikasi ham alohida e\u2019tiborga loyiq.<\/p>\n\n\n\n<p>Iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish orqali sheriklikning istiqbolli yo\u2018nalishlarini belgilashda Ozarbayjon Respublikasi va O\u2018zbekiston Respublikasi o\u2018rtasida hamkorlik bo\u2018yicha hukumatlararo komissiya faoliyatini e\u2019tirof etish lozim. Muntazam o\u2018tkazib kelinayotgan Ozarbayjon \u2013 O\u2018zbekiston mintaqaviy forumi ayni yo\u2018nalishdagi hamkorlikni rivojlantirish uchun samarali platformaga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ozarbayjon qardosh O\u2018zbekiston bilan iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor. Buning uchun yuksak siyosiy iroda va ulkan salohiyat mavjud. Bugungi kunga qadar iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish uchun ishonchli huquqiy asos yaratgan 200 ga yaqin hujjat imzolangan. Ozarbayjon bundan keyin ham ikki tomon manfaatlariga mos keladigan, xalqlarimiz o\u2018rtasidagi do\u2018stlik va sheriklikni mustahkamlashga xizmat qiladigan hamkorlikni qo\u2018llab-quvvatlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p><em>\u2013&nbsp;&nbsp;Transport, logistika va energetika sohalarida ikki tomonlama hamkorlikning qanday istiqbollarini ko\u2018ryapsiz?<\/em><\/p>\n\n\n\n<p>\u2013&nbsp;Mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi hamkorlikning asosiy yo\u2018nalishlaridan biri diversifikatsiyalangan transport-logistika infratuzilmasini yarati va tranzit imkoniyatini kengaytirishdir. Bu borada mamlakatlarimizning \u201cO\u2018rta yo\u2018lak\u201d xalqaro transport yo\u2018lagidagi ishtiroki alohida ahamiyatga ega.&nbsp;Bu jarayonda Ozarbayjon O\u2018zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun muhim tranzit davlat hisoblanadi. So\u2018nggi yillarda ushbu yo\u2018lak orqali eksport imkoniyati va tashuv salmog\u2018ini&nbsp;oshirish masalasi alohida strategik ahamiyat kasb etmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>2024 yil mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi tranzit tashuv 2023 yilga nisbatan 18 foizdan ko\u2018proq oshib, 1 million 300 ming tonnadan ortdi. 2025 yilning to\u2018qqiz oyidayoq bu ko\u2018rsatkich qariyb 1 million tonnaga yetib, transport almashinuvi jadal o\u2018sib borayotganini ko\u2018rsatdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ozarbayjonda yaratilgan zamonaviy transport infratuzilmasi, jumladan savdo floti, yaqin yillarda quvvati 25 million tonnaga yetadigan \u201cAlat\u201d xalqaro savdo porti, Boku\u2013&nbsp;Tbilisi&nbsp;\u2013Qars temir yo\u2018li, shuningdek mamlakatning to\u2018qqiz xalqaro aeroporti global transport va logistika markazi sifatidagi o\u2018rnimizni mustahkamlovchi omillardir. Bundan tashqari, Zangezur yo\u2018lagi ochilishi ham&nbsp;Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlariga foyda keltiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shaharlarimiz o\u2018rtasidagi avia&nbsp;parvozlar muhim ahamiyatga ega. \u201cAZAL\u201d aviakompaniyasi haftasiga Boku&nbsp;\u2013&nbsp;Toshkent&nbsp;\u2013&nbsp;Boku yo\u2018nalishida&nbsp;7 marta, Boku&nbsp;\u2013Samarqand&nbsp;\u2013&nbsp;Boku hamda Boku&nbsp;\u2013&nbsp;Urganch&nbsp;\u2013Boku yo\u2018nalishlarida 2 martadan&nbsp;yo\u2018lovchi reyslarini amalga oshirmoqda. O\u2018z navbatida, bir haftada \u201cUzbekistan Airways\u201d aviakompaniyasi samolyotlari&nbsp;Toshkent&nbsp;\u2013Boku&nbsp;\u2013&nbsp;Toshkent yo\u2018nalishi bo\u2018ylab 3 marta, \u201cCentrum\u201d kompaniyasi uchoqlari esa 2 marta uchyapti.<\/p>\n\n\n\n<p>Energetika sohasidagi hamkorlik va \u201cyashil\u201d energetikani rivojlantirish ham ustuvor yo\u2018nalishlar bo\u2018lib qolmoqda. \u201cSOCAR\u201d O\u2018zbekistonga Ozarbayjon neft va neft-kimyo mahsulotlari eksport qiladi. 2016 yildan buyon \u201cOzlitineftgaz\u201d instituti va \u201cSOCAR NIPI Neftegaz\u201d negizida tashkil etilgan \u201cNeftegaztexnologiya\u201d qo\u2018shma korxonasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>2024 yil Ozarbayjon, Qozog\u2018iston va O\u2018zbekiston energetika tizimlarini integratsiyalash va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishga qaratilgan qator strategik bitim va memorandumlarni imzoladi. Bu mintaqani barqaror rivojlantirish va energetika sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun yangi istiqbollar ochadi.<\/p>\n\n\n\n<p><em>\u2013 Ozarbayjon va O\u2018zbekistonning madaniy-gumanitar sohadagi hamkorligi haqida nima deya olasiz?<\/em><\/p>\n\n\n\n<p>\u2013&nbsp;Madaniy-gumanitar hamkorlik mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi do\u2018stlik va qardoshlikni mustahkamlash, xalqlar o\u2018rtasidagi to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri muloqotni kengaytirishda muhim rol o\u2018ynaydi. Biz umumiy tarixiy-madaniy qadriyatlarni asrab-avaylash yo\u2018lida birga odimlab, barcha darajalarda yaqin hamkorlikni davom ettiryapmiz.<\/p>\n\n\n\n<p>Xususan, 2023 yil Ozarbayjonda O\u2018zbekiston madaniyati kunlari, 2024 yil O\u2018zbekiston fan va madaniyat kunlari o\u2018tkazildi. Shu yil O\u2018zbekistonda Ozarbayjon madaniyati kunlari, Xiva shahrida \u201cShusha kunlari\u201d tashkil etildi. Ushbu tadbirlar xalqlarimizning boy madaniy merosini namoyon etish, o\u2018zaro hamjihatlikni&nbsp;mustahkamlash va bir-birimizning ma\u2019naviy olamimizni boyitishga bo\u2018lgan yakdil&nbsp;intilishni aks ettiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mamlakatlarimiz hududlari o\u2018rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga ham&nbsp;alohida e\u2019tibor qaratilmoqda. Ismoilli \u2013 Rishton, Shusha \u2013 Xiva, Lankaran \u2013 Buxoro, Sheki \u2013 Qo\u2018qon, Bilasuvar \u2013 Termiz, Mingachevir \u2013 Namangan, Fuzuliy&nbsp;\u2013 Guliston, Quba \u2013 Jizzax, Beylagan \u2013 Shahrisabz shaharlari o\u2018rtasida birodarlik va sheriklik aloqalari o\u2018rnatildi. Hududlararo aloqalar faollashuvi xalqlarni yaqinlashtirish, tajriba almashish va hamkorlikning madaniy-gumanitar kun tartibini boyitishga xizmat qilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi do\u2018stlikning ramziy ifodasi sifatida madaniy ahamiyatga ega ob\u2019ektlar mavjud: Toshkentda Haydar Aliyev maydoni bor.&nbsp;Shu yil iyul oyida Bokuda \u201cO\u2018zbekiston\u201d bog\u2018iga tamal toshi qo\u2018yildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Fursatdan foydalanib, Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev xotirasiga ko\u2018rsatilayotgan ehtirom, chin birodarlik munosabati uchun O\u2018zbekiston rahbariyati va butun qardosh o\u2018zbek&nbsp;xalqiga minnatdorlik bildirmoqchiman.<\/p>\n\n\n\n<p>Sport sohasidagi hamkorlikda ham yaxshi natijalarga erishilmoqda. Ikki davlatning birgalikdagi sa\u2019y-harakatlari natijasida FIFA Ijroiya qo\u2018mitasi 2027&nbsp;yil bo\u2018lib o\u2018tadigan&nbsp;U-20 Jahon chempionati final bosqichini Ozarbayjon va O\u2018zbekistonda o\u2018tkazish to\u2018g\u2018risida qaror qabul qildi. Bu Yevropa va Osiyoni birlashtiradigan umumiy tarixiy yutug\u2018imizdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Ommaviy axborot vositalari va nodavlat tashkilotlar o\u2018rtasidagi hamkorlik ham samarali rivojlanmoqda. 2024 yil 23-25 sentyabr kunlari Toshkentda birinchi O\u2018zbekiston&nbsp;\u2013&nbsp;Ozarbayjon mediaforumi, joriy yil 29 sentyabrda Bokuda ikkinchi Ozarbayjon&nbsp;\u2013O\u2018zbekiston mediaforumi bo\u2018lib o\u2018tdi. Bundan tashqari, 2024 yil dekabr oyida Toshkentda ilk bor O\u2018zbekiston va Ozarbayjon nodavlat tashkilotlari forumi tashkil etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mazkur tadbirlar va amalga oshirilgan loyihalarning barchasi Ozarbayjon va O\u2018zbekistonning madaniy-gumanitar sohadagi mustahkam qardoshlik aloqalarini yaqqol namoyon etib, xalqlarimiz o\u2018rtasidagi do\u2018stlikni mustahkamlash, ma\u2019naviy va madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p><em>\u2013&nbsp;Janob Prezident, ushbu mazmunli suhbat uchun&nbsp;tig\u2018iz ish jadvalingizdan vaqt ajratganingiz uchun&nbsp;rahmat.<\/em><\/p>\n\n\n\n<p>\u2013&nbsp;O\u2018zbek xalqining Ozarbayjon&nbsp;\u2013O\u2018zbekiston munosabatlari va umuman mintaqada ro\u2018y berayotgan jarayonlarga qiziqishi tobora ortib borayotgani menga katta mamnuniyat bag\u2018ishlaydi. Asrlar davomida qardosh xalqlarimiz va mamlakatlarimizni bog\u2018lab kelgan do\u2018stlik va hamkorlik rishtalari bardavom bo\u2018lsin.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Toshkent shahrida bo\u02bblajak Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi oldidan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan intervyu tashkil qilindi. \u2013 Hurmatli janob Prezident, yaqin kunlarda Toshkent shahrida bo\u2018lib o\u2018tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvida ishtirok etishingiz kutilyapti. Ushbu format haqida qanday fikrdasiz? Ozarbayjonning mintaqa davlatlari bilan aloqalari qay tusda rivojlanmoqda va hamkorlikning bugungi [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":446,"featured_media":1245607,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","_jetpack_memberships_contains_paid_content":false,"footnotes":""},"categories":[3717],"tags":[3667,4424],"class_list":{"0":"post-1245604","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-zhamoat","8":"tag-azerbajdzhan","9":"tag-uzbekiston"},"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO Premium plugin v27.0 (Yoast SEO v27.3) - https:\/\/yoast.com\/product\/yoast-seo-premium-wordpress\/ -->\n<title>Ilhom Aliyev: O\u2018zbekiston va Ozarbayjon qardosh mamlakatlar, ishonchli ittifoqchilardir - \u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u042f\u043d\u0433\u0438\u043b\u0438\u043a\u043b\u0430\u0440\u0438<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"Toshkent shahrida bo\u02bblajak Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi oldidan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/nuz.uz\/uz\/2025\/11\/13\/ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"ru_RU\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Ilhom Aliyev: O\u2018zbekiston va Ozarbayjon qardosh mamlakatlar, ishonchli ittifoqchilardir\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Toshkent shahrida bo\u02bblajak Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi oldidan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/nuz.uz\/uz\/2025\/11\/13\/ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u042f\u043d\u0433\u0438\u043b\u0438\u043a\u043b\u0430\u0440\u0438\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/www.nuz.uz\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-11-13T13:24:45+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-11-14T07:55:22+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/nuz.uz\/uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/cj9lulvlqiojrdvtqmtlypjpgxnrhphc_front.png\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1024\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"710\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/png\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"maksad\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\\\/\\\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"Article\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/nuz.uz\\\/uz\\\/2025\\\/11\\\/13\\\/ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir\\\/#article\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/nuz.uz\\\/uz\\\/2025\\\/11\\\/13\\\/ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir\\\/\"},\"author\":{\"name\":\"maksad\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/nuz.uz\\\/uz\\\/#\\\/schema\\\/person\\\/b24378089da08bb96122916f2090b6b4\"},\"headline\":\"Ilhom Aliyev: O\u2018zbekiston va Ozarbayjon qardosh mamlakatlar, ishonchli ittifoqchilardir\",\"datePublished\":\"2025-11-13T13:24:45+00:00\",\"dateModified\":\"2025-11-14T07:55:22+00:00\",\"mainEntityOfPage\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/nuz.uz\\\/uz\\\/2025\\\/11\\\/13\\\/ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir\\\/\"},\"wordCount\":1952,\"commentCount\":0,\"image\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/nuz.uz\\\/uz\\\/2025\\\/11\\\/13\\\/ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir\\\/#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\\\/\\\/nuz.uz\\\/uz\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2025\\\/11\\\/cj9lulvlqiojrdvtqmtlypjpgxnrhphc_front.png\",\"keywords\":[\"\u0410\u0437\u0435\u0440\u0431\u0430\u0439\u0434\u0436\u0430\u043d\",\"\u0423\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d\"],\"articleSection\":[\"\u0416\u0430\u043c\u043e\u0430\u0442\u0447\u0438\u043b\u0438\u043a\"],\"inLanguage\":\"ru-RU\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"CommentAction\",\"name\":\"Comment\",\"target\":[\"https:\\\/\\\/nuz.uz\\\/uz\\\/2025\\\/11\\\/13\\\/ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir\\\/#respond\"]}]},{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/nuz.uz\\\/uz\\\/2025\\\/11\\\/13\\\/ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir\\\/\",\"url\":\"https:\\\/\\\/nuz.uz\\\/uz\\\/2025\\\/11\\\/13\\\/ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir\\\/\",\"name\":\"Ilhom Aliyev: O\u2018zbekiston va Ozarbayjon qardosh mamlakatlar, ishonchli ittifoqchilardir - \u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u042f\u043d\u0433\u0438\u043b\u0438\u043a\u043b\u0430\u0440\u0438\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/nuz.uz\\\/uz\\\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/nuz.uz\\\/uz\\\/2025\\\/11\\\/13\\\/ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir\\\/#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/nuz.uz\\\/uz\\\/2025\\\/11\\\/13\\\/ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir\\\/#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\\\/\\\/nuz.uz\\\/uz\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2025\\\/11\\\/cj9lulvlqiojrdvtqmtlypjpgxnrhphc_front.png\",\"datePublished\":\"2025-11-13T13:24:45+00:00\",\"dateModified\":\"2025-11-14T07:55:22+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/nuz.uz\\\/uz\\\/#\\\/schema\\\/person\\\/b24378089da08bb96122916f2090b6b4\"},\"description\":\"Toshkent shahrida bo\u02bblajak Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi oldidan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/nuz.uz\\\/uz\\\/2025\\\/11\\\/13\\\/ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir\\\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"ru-RU\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\\\/\\\/nuz.uz\\\/uz\\\/2025\\\/11\\\/13\\\/ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir\\\/\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"ru-RU\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/nuz.uz\\\/uz\\\/2025\\\/11\\\/13\\\/ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir\\\/#primaryimage\",\"url\":\"https:\\\/\\\/nuz.uz\\\/uz\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2025\\\/11\\\/cj9lulvlqiojrdvtqmtlypjpgxnrhphc_front.png\",\"contentUrl\":\"https:\\\/\\\/nuz.uz\\\/uz\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2025\\\/11\\\/cj9lulvlqiojrdvtqmtlypjpgxnrhphc_front.png\",\"width\":1024,\"height\":710},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/nuz.uz\\\/uz\\\/2025\\\/11\\\/13\\\/ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir\\\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"\u0413\u043b\u0430\u0432\u043d\u0430\u044f \u0441\u0442\u0440\u0430\u043d\u0438\u0446\u0430\",\"item\":\"https:\\\/\\\/nuz.uz\\\/uz\\\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Ilhom Aliyev: O\u2018zbekiston va Ozarbayjon qardosh mamlakatlar, ishonchli ittifoqchilardir\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/nuz.uz\\\/uz\\\/#website\",\"url\":\"https:\\\/\\\/nuz.uz\\\/uz\\\/\",\"name\":\"\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u042f\u043d\u0433\u0438\u043b\u0438\u043a\u043b\u0430\u0440\u0438\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\\\/\\\/nuz.uz\\\/uz\\\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":{\"@type\":\"PropertyValueSpecification\",\"valueRequired\":true,\"valueName\":\"search_term_string\"}}],\"inLanguage\":\"ru-RU\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/nuz.uz\\\/uz\\\/#\\\/schema\\\/person\\\/b24378089da08bb96122916f2090b6b4\",\"name\":\"maksad\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"ru-RU\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/secure.gravatar.com\\\/avatar\\\/383af1428c20ce29ce6bc1c2177d7579f429a412214062df033e69461bc0a045?s=96&d=mm&r=g\",\"url\":\"https:\\\/\\\/secure.gravatar.com\\\/avatar\\\/383af1428c20ce29ce6bc1c2177d7579f429a412214062df033e69461bc0a045?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\\\/\\\/secure.gravatar.com\\\/avatar\\\/383af1428c20ce29ce6bc1c2177d7579f429a412214062df033e69461bc0a045?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"maksad\"},\"url\":\"https:\\\/\\\/nuz.uz\\\/uz\\\/author\\\/maksad\\\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO Premium plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Ilhom Aliyev: O\u2018zbekiston va Ozarbayjon qardosh mamlakatlar, ishonchli ittifoqchilardir - \u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u042f\u043d\u0433\u0438\u043b\u0438\u043a\u043b\u0430\u0440\u0438","description":"Toshkent shahrida bo\u02bblajak Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi oldidan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/2025\/11\/13\/ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir\/","og_locale":"ru_RU","og_type":"article","og_title":"Ilhom Aliyev: O\u2018zbekiston va Ozarbayjon qardosh mamlakatlar, ishonchli ittifoqchilardir","og_description":"Toshkent shahrida bo\u02bblajak Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi oldidan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev","og_url":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/2025\/11\/13\/ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir\/","og_site_name":"\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u042f\u043d\u0433\u0438\u043b\u0438\u043a\u043b\u0430\u0440\u0438","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/www.nuz.uz\/","article_published_time":"2025-11-13T13:24:45+00:00","article_modified_time":"2025-11-14T07:55:22+00:00","og_image":[{"width":1024,"height":710,"url":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/cj9lulvlqiojrdvtqmtlypjpgxnrhphc_front.png","type":"image\/png"}],"author":"maksad","schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"Article","@id":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/2025\/11\/13\/ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir\/#article","isPartOf":{"@id":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/2025\/11\/13\/ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir\/"},"author":{"name":"maksad","@id":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/#\/schema\/person\/b24378089da08bb96122916f2090b6b4"},"headline":"Ilhom Aliyev: O\u2018zbekiston va Ozarbayjon qardosh mamlakatlar, ishonchli ittifoqchilardir","datePublished":"2025-11-13T13:24:45+00:00","dateModified":"2025-11-14T07:55:22+00:00","mainEntityOfPage":{"@id":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/2025\/11\/13\/ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir\/"},"wordCount":1952,"commentCount":0,"image":{"@id":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/2025\/11\/13\/ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir\/#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/cj9lulvlqiojrdvtqmtlypjpgxnrhphc_front.png","keywords":["\u0410\u0437\u0435\u0440\u0431\u0430\u0439\u0434\u0436\u0430\u043d","\u0423\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d"],"articleSection":["\u0416\u0430\u043c\u043e\u0430\u0442\u0447\u0438\u043b\u0438\u043a"],"inLanguage":"ru-RU","potentialAction":[{"@type":"CommentAction","name":"Comment","target":["https:\/\/nuz.uz\/uz\/2025\/11\/13\/ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir\/#respond"]}]},{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/2025\/11\/13\/ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir\/","url":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/2025\/11\/13\/ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir\/","name":"Ilhom Aliyev: O\u2018zbekiston va Ozarbayjon qardosh mamlakatlar, ishonchli ittifoqchilardir - \u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u042f\u043d\u0433\u0438\u043b\u0438\u043a\u043b\u0430\u0440\u0438","isPartOf":{"@id":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/2025\/11\/13\/ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir\/#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/2025\/11\/13\/ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir\/#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/cj9lulvlqiojrdvtqmtlypjpgxnrhphc_front.png","datePublished":"2025-11-13T13:24:45+00:00","dateModified":"2025-11-14T07:55:22+00:00","author":{"@id":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/#\/schema\/person\/b24378089da08bb96122916f2090b6b4"},"description":"Toshkent shahrida bo\u02bblajak Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi oldidan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/2025\/11\/13\/ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir\/#breadcrumb"},"inLanguage":"ru-RU","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/nuz.uz\/uz\/2025\/11\/13\/ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir\/"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"ru-RU","@id":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/2025\/11\/13\/ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir\/#primaryimage","url":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/cj9lulvlqiojrdvtqmtlypjpgxnrhphc_front.png","contentUrl":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/cj9lulvlqiojrdvtqmtlypjpgxnrhphc_front.png","width":1024,"height":710},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/2025\/11\/13\/ilhom-aliyev-ozbekiston-va-ozarbayjon-qardosh-mamlakatlar-ishonchli-ittifoqchilardir\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"\u0413\u043b\u0430\u0432\u043d\u0430\u044f \u0441\u0442\u0440\u0430\u043d\u0438\u0446\u0430","item":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Ilhom Aliyev: O\u2018zbekiston va Ozarbayjon qardosh mamlakatlar, ishonchli ittifoqchilardir"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/#website","url":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/","name":"\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u042f\u043d\u0433\u0438\u043b\u0438\u043a\u043b\u0430\u0440\u0438","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":{"@type":"PropertyValueSpecification","valueRequired":true,"valueName":"search_term_string"}}],"inLanguage":"ru-RU"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/#\/schema\/person\/b24378089da08bb96122916f2090b6b4","name":"maksad","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"ru-RU","@id":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/383af1428c20ce29ce6bc1c2177d7579f429a412214062df033e69461bc0a045?s=96&d=mm&r=g","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/383af1428c20ce29ce6bc1c2177d7579f429a412214062df033e69461bc0a045?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/383af1428c20ce29ce6bc1c2177d7579f429a412214062df033e69461bc0a045?s=96&d=mm&r=g","caption":"maksad"},"url":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/author\/maksad\/"}]}},"jetpack_featured_media_url":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/cj9lulvlqiojrdvtqmtlypjpgxnrhphc_front.png","jetpack_sharing_enabled":true,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1245604","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/446"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1245604"}],"version-history":[{"count":0,"href":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1245604\/revisions"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1245607"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1245604"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1245604"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nuz.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1245604"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}