9 C
Узбекистан
Среда, 1 декабря, 2021

Lionel Messi Neymardan “Barselona”ga qaytishni so‘radi (Livescore Eksklyuziv )

Топ статей за 7 дней

Подпишитесь на нас

51,905участниковМне нравится
22,961участниковЧитать
3,550участниковПодписаться

Futbol natijalari, ligalardagi jamoalar o‘rinlari, uchrashuvlar taqvimi, statistikalar, tarkiblar va natijalar arxivi bilan tanishishni xohlaysizmi? Real vaqt paytida uchrashuv haqida batafsil ma’lumot olishnichi? FScore — bu doimo ishonishingiz mumkin bo‘lgan yagona livescore vebsaytdir.

Neymar yozgi transfer oynasi muddati tugaguniga qadar “PSJ” bilan shartnomasini bekor qilishni istayotgani yaqqol ma’lum bo‘lmoqda va klub esa endlikda takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini aniq aytib o‘tmoqda. “Barsa”ning yuqori martabali vakillari bu haftada PSJ vakillari bilan uchrashib, braziliyalik hujumchining kelajagini muhokama qilishmoqchi. Ko‘pgina manbalar bergan ma’lumotlarga qaraganda, “Barsa” juda katta mablag‘dan tashqari o’zining omadsiz shartnomalaridan biri Filipp Koutinyoni ham qo’shib berishni rejalashtirmoqda. “Real” ham Neymarni qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda, klub prezidenti Florentino Peres braziliyalik hujumchining ashaddiy muxlisi ekani va u bilan bir necha marta kelishuvga erishishga harakat qilgani aytilmoqda. «Manchester Yunayted» bilan Pol Pogba borasida kelishuvga erisholmagandan keyin “Real” Eden Azardan tashqari yana bir mashhur futbolchini jamoaga olib kelishni rejalashtirmoqda.

Ushbu vaziyat bilan yaqindan xabardor bo‘lgan odamlarning fikriga ko‘ra, “Barselona” sardori Lionel Messi o‘z jamoasining xatti-harakatlariga aralashishga qaror qilgan – u Neymar bilan aloqaga chiqqan hamda undan “Real”ga emas, “Barsa”ga o‘tishini so‘ragan. Sizdan Fscore.uz saytiga tashrif buyurish orqali “Barselona”ning kelgusi o‘yinlari bilan tanishishni hamda har doim Messining qarhamonligini diqqat bilan kuzatishni unutmaslikni so‘rab qolamiz.

“Barselona”ning La Ligadagi jadvali va batafsil ma’lumotlar

Neymar Messi bilan “Kam Nou”da 4 mavsumni birgalikda o‘tkazdi hamda shu davr mobaynida 2 marta La Liga chempionligiga, Championlar Ligasi va boshqa musobaqalar g‘olibligiga erishdi. Xabarlarga ko‘ra sobiq jamoadoshlar o‘rtasidagi aloqalar hanuzgacha mustahkam bo‘lib turibdi va Messi sobiq jamoadoshi bilan “juda yaqin” munosabatlarni saqlab qolgan. “PSJ”ning “Nim”ga qarshi o‘yini davomida, Parij muxlislari o’zlarining yulduz hujumchilariga qarshilik bildirdilar hamda uni haqoratlab, undan klubni tark etishini so‘raganlar. Shunga qaramay, Tomas Tuxel o‘yindan keyingi intervyusida braziliyalik hujumchining kamida “PSJ”da yana bir mavsum o’ynashini xohlayotganini aytib o‘tdi.

Keling, Barselonaning La Liga jadvali bilan qisqacha tanishib chiqaylik:

  • 08/16 – “Atletik Bilbao” (mehmon)

  • 08/25 – “Real Betis” (mezbon)

  • 08/31 – “Osasuna” (mehmon)

  • 09/14 – “Valensia” (mezbon)

  • 09/22 – “Granada” FK (mehmon)

Agar klub Neymarni ularga qo‘shilishga ko‘ndirsa, bu o‘yinlarning aksariyati mutlaqo boshqacha natijaga olib kelishiga hech kimda shubha yo‘q. Siz shuni tushunishingiz kerakki, Neymar — bu o‘yinni yakka o‘zi mustaqil ravishda yutishi mumkin bo’lgan futbolchilardan biri.

Agar siz La Ligadagi barcha yangiliklar, so‘nggi natijalar, uchrashuvlar taqvimi va Ispaniya kubogi o‘yinlari haqida xabardor bo‘lib turishni istasangiz, biz sizga Fscore.uz saytining Ispaniya ligasi uchun maxsus ajratilgan sahifasidan foydalanishni tavsiya etamiz. FScore sizga yaqinlashib kelayotgan barcha o‘yinlarni kuzatib borishga va jonli natijalar haqida ma’lumot olishga yordam beradi.

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Пожалуйста, введите ваш комментарий!
пожалуйста, введите ваше имя здесь

Последние новости

В Швейцарии рассказали, как будут жить европейцы при «зеленой» энергетике…

В швейцарском Credit Suisse подсчитали, как примерно должен будет жить европеец при «развитой зелёной повестке», чтобы уложиться в выброс...

Больше похожих статей

ЎЗ
×