Новости Узбекистана

Яхши тушунтиришдан кўра хабар қилмоқ, ўзини оқлашдан кўра яхширок тушунтириш авзал.

Русский язык На русском

Наш канал в телеграм
18-02-2020 12:07 0 592 Рейтинг0 Чоп этиш

Ilmiy-amaliy seminar

2020 yil 19 fevral kuni soat 9.00 da Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatida ilmiy-amaliy seminar oʻtkaziladi. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu seminar ta’lim tizimiga innovatsiyalarni joriy etish natijalari va istiqboldagi rejalar mavzusiga bagʻishlanadi.

 Ilmiy-amaliy seminar

Oʻtgan davr mobaynida ta’lim sohasini rivojlantirish va uni jahon standartlari darajasiga olib chiqish maqsadida davlatimiz tomonidan qator ishlar olib borilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilinishi bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish va rivojlanishni yuqori choʻqqisiga chiqarishga turtki boʻldi.

Mazkur seminarni oʻtkazishdan maqsad ta’lim jarayoniga joriy etilayotgan innovatsiyalar taqdimotini oʻtkazish, oʻquvchi-yoshlarni fanlarga boʻlgan qiziqishlarini oshirishdan iborat. Tadbirda qator innovatsion qurilmalarni amalda qoʻllab koʻrsatib beriladi. Jumladan,
• oʻquvchilarga aerokosmik kabi fakultativ darslarda qoʻllaniladigan zamonaviy VR BOX uskunasi;
• kimyo, biologiya, fizika va informatika fanlarida laboratoriya ishlarini virtual tarzda oʻrganishlari uchun Xitoy davlatidan olib kelingan “HOLOMAX” uskunasi;
• zamonaviy texnologiya asosida dars oʻtishga moʻljallangan elektron doska va interaktiv panellar;
• geografiya fani oʻqitishda QR-kod orqali foydalaniladigan innovatsion darslik;
• oʻquvchilarga kutubxonada elektron darslik va badiiy adabiyotlardan foydalanishlari uchun qulay sharoit yaratish maqsadida “Q-BOX” innovatsion qurilmasi,
• astronomiya fanida osmon jismlarini kuzatish uchun Meade LX600 teleskopi hamda shu kabi innovatsion texnologiyalardan darslarda samarali foydalanish koʻrsatib oʻtiladi.

Seminarda shuningdek, Tojmot aql gimnastikasi intellektual oʻyini haqida ma’lumot beriladi. Undan nafaqat oʻyin balki oʻquvchi-yoshlarda aqlni charxlash, matematika, mental arifmetikani yaxshi oʻzlashtirishga yordam berishi koʻrsatiladi.
Ilmiy-amaliy seminar natijalariga koʻra ishtirokchilar orqali respublikamizning barcha ta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich innovatsion texnologiyalardan foydalanishni yoʻlga qoʻyish hamda shu orqali oʻquvchi yoshlarni fanlarga boʻlgan qiziqishlarini hamda pedagog xodimlarning mavqeyini oshirish koʻzda tutilgan.
Mazkur seminarda laboratoriya ishlarini virtual tarzda “HOLOMAX” uskunasidan foydalanish, elektron doska va interaktiv panellardan hamda yangi innovatsion fakultativ dars sifatida zamonaviy VR BOX uskunasidan foydalanish, Tojmot aql gimnastikasi intellektual oʻyini tushungtirish mamlakatimizning barcha ta’lim muassasalarida ulardan foydalanishga yordam beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va boshqa nodavlat ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan ilmiy-amaliy seminarda 70 nafardan ortiq ta’lim muassasalari rahbarlari va malakali pedagog-oʻqituvchilar ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.
Шарҳлар
Исми:
E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Савол:
Сколько пальцев у человека на одной руке? (ответ цифрами)
Жавоб:*